Salomatlik Salomatlik Jig‘ildon qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari

Jig‘ildon qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari

O'qildi: 366


Jig‘ildon qaynashining oldini oladi, kayfiyatni ko‘taradi: bananning foydali xususiyatlari

Kuniga bitta banan iste’mol qilish shifokor huzuriga borishni kamaytiradi. Lekin bunda hazildan ko‘ra ko‘proq haqiqat bor. Odatda olma haqida shunday deyishadi, lekin aslida banan ham juda foydali – ushbu sitrus mevada ko‘plab vitamin va boshqa oziq moddalari mavjud.

Foto: Harper’s Bazaar

Agar banan va olma solishtiriladigan bo‘lsa, unda birinchisida A vitamini va temir besh baravar ko‘p, shuningdek, fosforning miqdori uch baravar yuqori. Kaliy, kletchatka, tabiiy shakar va C vitamini – ushbu vitamin va minerallarning barchasi ushbu sariq mevaning foydasidan darak beradi.

Shakar tarkibi kletchatka bilan muvozanatlangan, shuning uchun banan qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga yordam beradi. Shuning uchun ham bananlar “supermahsulot” deb ataladi.

Jig‘ildon qaynashi

O‘ta bandlik va beqaror ovqatlanish – bu ko‘pincha jig‘ildon qaynashiga olib keladi. Pishmagan bananlar oshqozon kislotasini zararsizlantiradi va leykosiyanidin deb ataladigan o‘simlik birikmasi oshqozon shilliq qavatini qalinlashtirishga yordam beradi.

Quvvat manbayi

Bananlarda suv kam va boshqa mevalar bilan solishtirilganda kaloriya va shakar miqdori yuqori. Saxaroza, fruktoza va glyukoza kletchatka bilan birgalikda quvvat manbayi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar paytida kaliy miqdori tufayli tomir tortishishi xavfi kamayadi. Banan mashg‘ulotdan oldingi mukammal yegulik hamdir.

Yaxshi kayfiyat

Banan organizm yaxshi kayfiyat uchun mas’ul bo‘lgan kimyoviy serotoninga aylantiradigan aminokislota triptofanni o‘z ichiga oladi. Ushbu birikmalar dam olishga, tashvishlarni kamaytirishga va hatto xursand qilishga yordam beradi. Qondagi triptofan darajasini faqat oziq-ovqat yordamida ko‘tarish qiyin, ammo banan bu vazifani a’lo darajada bajaradi.

Tabiiy kollagen

Banan tarkibida marganets ham mavjud bo‘lib, u organizmga kollagen ishlab chiqarishga yordam beradi va terini erkin radikallarning shikastlanishidan himoya qiladi.

Mavzuga doir:

  • Apelsinning ko‘pchilikka noma’lum foydali xususiyatlari
  • Bayram shukuhini ulashuvchi meva — mandarin qanday foydali xususiyatlarga ega?
  • Saratonning oldini oladi va immunitetni mustahkamlaydi: Yangi yil taomi — xolodesning foydali xususiyatlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.