Ertalab och qoringa kefirli grechka iste’mol qilish nimasi bilan foydali?
Grechkani kefir bilan iste’mol qilish — bu organizmni toksinlardan tozalash, ovqat hazm qilish, metabolizmni yaxshilash va vaznni kamaytirishning eng oddiy, ammo juda samarali usuli, deb yozadi Wday.
Foto: PinterestNima uchun ertalab och qoringa kelfirli grechka iste’mol qilish foydali hisoblanadi?
Grechka o‘simlik oqsili va sog‘lom uglevodlar manbai bo‘lib, u uzoq vaqt davomida to‘qlik hissi va energiya beradi. Bundan tashqari, grechkada inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab mikroelement va vitaminlar mavjud:
- kaliy;
- temir;
- fosfor;
- yod;
- foliy kislotasi;
- niotsin;
- B guruhi vitaminlari;
- PP vitamini.
Kefirda esa ovqat hazm qilish traktining faoliyatini yaxshilaydigan muhim aminokislota va bifidobakteriyalar ham mavjud. Ikkala mahsulot ham bir-birini mukammal ravishda to‘ldiradi, organizmni barcha kerakli oziq moddalar bilan ta’minlaydi, lekin ortiqcha yog‘ va uglevodlar bilan qiynamaydi.
Ertalab och qoringa kefirli grechka iste’mol qilish organizmni tozalashga, to‘plangan toksinlarni chiqarib tashlashga, qondagi qand miqdorini normallashtirishga yordam beradi.
Grechka qo‘shilgan sutli sho‘rva retsepti
Foto: PinterestKerakli mahsulotlar:
- sut — 1 litr;
- grechka — 0,5 stakan;
- shakar — 1,5 osh qoshiq;
- tuz — bir chimdim;
- sariyog‘ — 25 gramm.
Grechka va guruchli bo‘tqa retsepti
Foto: PinterestKerakli mahsulotlar:
- grechka — 100 gramm;
- guruch — 100 gramm;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- suv — 2,5 stakan;
- tuz.
Kefirli grechkani qanday pishirish va iste’mol qilish kerak?
Grechka tarkibidagi ozuqa moddalari va kletchatkaning maksimal miqdorini saqlab qolish uchun uni pishirish shart emas. Kefirga qo‘shilgan xom grechka juda yoqimli ta’m va tuzilishga ega bo‘ladi.
- Buning uchun 2 osh qoshiq grechka sovuq suvda yuvilib, so‘ngra ustidan qaynoq suv quyiladi.
- Suv shimib olingach, grechka idishga solinadi va 200 ml kefir quyiladi. Muzlatkichda bir kecha qoldiriladi.
- Uni ertalab, och qoringa, nonushta o‘rniga iste’mol qilish mumkin.
- Tuz, shakar, sariyog‘ va boshqa mahsulotlar qo‘shilmaydi.
Manba