Salomatlik Salomatlik Kuzgi tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradigan 5 ta odat

Kuzgi tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradigan 5 ta odat

O'qildi: 310


Kuzgi tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradigan 5 ta odat

Kuz fasli sovuq ob-havo, kunduzgi soatlarning qisqarishi va qishning yaqinlashishi bilan birga tushkunlikka ham sabab bo‘ladi. Ammo bir nechta odatlar kuzgi tushkunlikdan chiqishga yordam beradi, deb yozadi People Talk.

Foto: Pinterest

Xursand qiladigan narsalar bilan shug‘ullaning

Sevimli mashg‘ulot yoki o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish soati — bu haqiqatan ham xursandchilik keltiradigan narsa bo‘lsin. Bu kognitiv terapiyaning eng mashhur turi bo‘lib, u depressiya rivojlanish xavfini kamaytiradi va unga qarshi kurashishga yordam beradi. Inson qanchalik ko‘p ijobiy daqiqalarni boshdan kechirsa, o‘zini shunchalik baxtli his qiladi.

To‘g‘ri ovqatlaning

Noto‘g‘ri ovqatlanish — bu vaziyatni yanada qiyinlashtiradigan zararli odatlardan biridir. Ha, bu haqiqat, yog‘ va shakarga boy mahsulotlar depressiyani 50 foizdan ko‘proqqa oshirishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar B vitaminlariga, shuningdek, omega-3 yog‘ kislotalari bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni maslahat beradi. Tuxum, sut mahsulotlari, sabzavotlar, meva va donlarning barchasi depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi.

Ko‘proq harakatlaning

Sport deyarli hamma narsaga davo. Buning sababi shundaki, jismoniy faollik miya biokimyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va jismoniy mashqlar stress ostida rivojlanadigan tashvish, depressiya va boshqa holatlarga qarshilikni oshiradi. Bundan tashqari, kechqurun mashg‘ulot sifatli uyquning kalitidir.

Uyqu rejimiga rioya qiling

Organizm yaxshi dam olishga muhtoj. Chunki kayfiyat, aqliy mehnat va jismoniy holat uyqu sifatiga bog‘liq. Mutaxassislar kuniga olti-sakkiz soat uxlashni maslahat beradi.

Boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish orqali o‘zingizga yordam bering

Shuningdek, boshqalarga gamxo‘rlik qilish orqali kayfiyatni ko‘tarish mumkin. Bundan tashqari, boshqalarga yordam beradigan odamlar depressiyadan kamroq aziyat chekadi. Buning uchun katta mas’uliyatni zimmaga olish shart emas, shunchaki uysiz hayvonlar uchun ovqat sotib olish yoki qarindoshlarga yordam berish kifoya.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.