Salomatlik Salomatlik Tugunli buqoq nima va qanday vaziyatda qalqonsimon bezni olib tashlash buyuriladi?

Tugunli buqoq nima va qanday vaziyatda qalqonsimon bezni olib tashlash buyuriladi?

O'qildi: 390


Tugunli buqoq nima va qanday vaziyatda qalqonsimon bezni olib tashlash buyuriladi?

Qalqonsimon bezdagi o‘smalar kattalarning 40 foizida shakllanadi, ammo faqat 5-7 foizi tashqi belgi sifatida namoyon bo‘ladi. Yer yuzidagi barcha odamlarning deyarli yarmi tugunli buqoq bilan yashaydi — qalqonsimon bezda tugunlar, kichik o‘smalar paydo bo‘ladigan holat. Tugunli buqoq — bu tibbiy tashxis emas, balki tibbiy atama. Qalqonsimon bezda tugun bo‘lsa, tashvishlanishga arziydimi?“Noviy ochag” nashri ushbu holatda birinchi navbatda nima qilish va nimaga tayyor bo‘lish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Tugunli buqoq nima?

Yosh o‘tgani sari qalqonsimon bez to‘qimalarida tugun paydo bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Bolalarda bunday o‘smalar kam uchraydi: 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar barcha holatlarning atigi 5 foizini tashkil qiladi, ammo 50 yoshga kelib, kattalarning 40 foiziga tugunli buqoqqa ega bo‘ladi. Ushbu kasallik ayollarda ko‘proq uchraydi — bu gormonal tizim ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari tufaylidir.

Tugunlarning aksar qismi shunchalik kichik bo‘ladiki, ular faqat ultratovush tekshiruvi paytida aniqlanishi mumkin: barcha tugunlarning atigi 4-7 foizini shunchaki paypaslab sezish mumkin. Ko‘pgina hollarda o‘smalarning 95 foizi maxsus davolanishga muhtoj emas, inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solmaydi.

Tugunli buqoq qayerdan keladi?

Uzoq vaqt davomida qalqonsimon bezdagi tugunlarning sababi yod yetishmasligi deb hisoblangan, ammo bu nazariya tasdiqlanmagan. Bugungi kunga kelib, qalqonsimon bez to‘qimalarida shish paydo bo‘lishini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan bir nechta omillar ma’lum:

  • genetik omil;
  • tez-tez stress yoki uzoq muddatli og‘ir stress;
  • surunkali yallig‘lanish kasalliklari: faringit, sinusit, tonzillit va boshqalar;
  • tez-tez iqlim o‘zgarishi;
  • noqulay ekologik vaziyat;
  • chekish;
  • doimiy gipotermiya;
  • ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish.
Qalqonsimon bezda tugunlar topilsa, nima qilish kerak?

Avvalo, bu o‘smalarning zararini aniqlash kerak, chunki 95 foiz hollarda tugunlar hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi. Agar tugun diametri 1 santimetrdan katta yoki bemorda saratonning agressiv shakllari xavfi bo‘lsa, shifokor davolash choralarini ko‘radi.

Shuningdek, qalqonsimon bez gormonlari uchun qon tahlilini o‘tkazish kerak bo‘ladi: tugunlar odatda qalqonsimon bezning ishiga hech qanday ta’sir qilmaydi, lekin ba’zida gipotireoz rivojlanishi mumkin — qalqonsimon bez kerak bo‘lganidan kamroq gormonlar ishlab chiqaradigan holat. Biroq ba’zida tugunlar mustaqil ravishda gormonlarning zarur bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq qismini ishlab chiqaradi - bunday tugunlar “issiq” deb ataladi. Aytgancha, issiq tugunlar deyarli zararli o‘simtaga aylanmaydi.

Yana bir muhim tadqiqot — bu c-hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan qalqonsimon gormon — kalsitonin darajasini tahlil qilish. Agar uning darajasi ko‘tarilsa, o‘smaning malign bo‘lish xavfi juda yuqori. Bunday holda, tugunning diametri 1 santimetrdan kam bo‘lsa ham biopsiya buyuriladi.

Qalqonsimon bez tugunini qachon olib tashlash kerak?

Ko‘pincha, tugunlar zararsiz bo‘lsa, maxsus davolash buyurilmaydi. Kuzatuv, yillik ultratovush tekshiruvi va qalqonsimon bezni ogohlantiruvchi gormonlarni nazorat qilish tavsiya etiladi. Ammo ba’zi hollarda tugunni oldirish tavsiya etiladi. Operatsiya quyidagi hollarda buyuriladi:

  • tugunlar bo‘yinning organlarini siqsa;
  • tugun issiq bo‘lsa va mustaqil ravishda ma’lum gormonlarni ishlab chiqarsa.
Bunday hollarda biopsiya o‘simtaning malign tabiatini aniqlasa, qalqonsimon bez to‘qimalarining bir qismi olib tashlanadi. Agar buqoq ko‘p tugunli bo‘lsa va hech bo‘lmaganda ba’zi o‘smalar yuqoridagi holatda bo‘lsa, butun qalqonsimon bezni olib tashlash mumkin.

Qalqonsimon bezdagi tugunlarni ultratovushsiz aniqlash mumkinmi?

Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘pincha qalqonsimon bezdagi tugunlar juda kichikdir va ularni teginish orqali aniqlash deyarli mumkin emas. Biroq tugunning ko‘rsatadigan ba’zi alomatlar mavjud.

  • nafas qisilishi;
  • tiklanmaydigan bo‘g‘iq ovoz;
  • yutinishda qiyinchilik;
  • davolanish bilan o‘tib ketmaydigan yo‘tal;
  • bosh og‘rig‘i;
  • quloqlarda shovqin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.