Xotiraga haqiqatan ham salbiy ta’sir o‘tkazadigan 4 ta mahsulot
Demensiya va Alsgeymer kasalligidan bugunda ko‘pchilik qo‘rqadi, sababi ularning xavfi kelgusi o‘n yilliklarda ortib borishi haqida juda ko‘p dalillar mavjud. Bunga boshqa narsalar qatorida, insonlarning turmush tarzi va hatto nima iste’mol qilishi ham ta’sir qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayrim oziq-ovqatlar kognitiv funksiyani buzishi mumkin. Achinarlisi ularning aksariyati ko‘plab odamlarning kundalik ratsioniga kiritilgan. Oziq-ovqatlarning to‘rtta toifasi haqiqatan ham kognitiv pasayishga hissa qo‘shishi mumkin, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClairePopkorn
Foto: Marie ClaireEng xavfli mahsulotlardan biri ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan odatiy gazak bo‘lib chiqdi. Popkorn juda ham zararli hisoblanadi, chunki uning tarkibida diatsetil, miyada amiloid plitalari hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi kimyoviy moddalar mavjud. Diatsetilning xavfi 2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlangan, u oqsil to‘planishining zararli ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Ushbu birikma nafas olish va o‘pka kasalliklariga hissa qo‘shishini ko‘rsatdi.
Suyultirilgan pishloq
Foto: Marie ClaireTadqiqotchilar fikriga ko‘ra, qayta ishlangan sut mahsulotlari kognitiv funksiyaga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Chunki ular miyada shikastlovchi quyqalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, degan xulosaga keldi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, qayta ishlangan oziq-ovqat nafaqat kognitiv pasayishga yordam beradi, balki jarayonni sezilarli darajada tezlashtiradi. Zararli ta’sir to‘rt hafta ichida sezilishi mumkin. Suyultirilgan pishloq ham ushbu mahsulotlar qatoridan joy olgan.
Un mahsulotlari
Foto: Marie ClaireFaqat tort va oq non emas, balki makaron mahsulotlari ham xavfli bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi organizmda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi — bu neyrodegenerativ kasalliklarning belgilaridan biri. Alsgeymer kasalligi va demensiya yallig‘lanish tufayli yuzaga keladi, bu esa kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Mutaxassislar oq un mahsulotlarini don mahsulotlari bilan almashtirishni tavsiya etadi.
Boshqa oq mahsulotlar
Foto: Marie ClaireFaqat spagetti, quritilgan non va shirinliklar emas, balki oq guruch ham ular bilan bir xil darajada zararli hisoblanadi. Uni iste’mol qilish ham xotira susayishi xavfini oshiradi. Oq guruchni oddiylari bilan almashtirish tavsiya etiladi. Shuningdek, miyaga foydali ta’sir ko‘rsatadigan loviya va boshqa dukkakli ekinlarni garnir sifatida iste’mol qilish mumkin.
Manba