Xotiraning susayishiga sabab bo‘ladigan 4 mahsulot
Qaysi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilish xotira bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Marie ClairePopkorn
Tarkibida bosh miyada amiloid “blyashka”larni hosil bo‘lishini ko‘paytiruvchi kimyoviy modda diatsetil mujassam ekani sabab ham popkorn, sog‘lik uchun zararli hisoblanadi. Ushbu moddaning zararli ekani, 2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlangan. Natijaga ko‘ra, uning respirator va o‘pka kasalliklariga olib kelishi aniqlangan.
Suyuq pishloq
Parhezning inson hayotidagi roli qanchalik ekanini o‘rganishga ahd qilgan mutaxassislar, qayta ishlangan sut mahsulotlari, kognitiv qobiliyatlarni susaytirishini aniqlangan. Sal avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlarda esa qayta ishlangan mahsulotlarning nafaqat kognitiv qobiliyatlarni susaytirishi, balki ushbu jarayonni sezilarli darajada jadallashtirishi ma’lum bo‘lgan. Salbiy ta’sir oradan 4 hafta o‘tib o‘zini namoyon qiladi. Xavfli mahsulotlar qatoridan ba’zi sut mahsulotlari, xususan, pishloq ham o‘rin olgan.
Un qo‘shib tayyorlanadigan mahsulotlar
Nafaqat shirinliklar, balki non va makaron mahsulotlari ham xavfli sanaladi. Ushbu mahsulotlarning bari organizmda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi — ulardan biri neyrodegenerativ kasalliklardir. Alsgeymer va demensiyada yallig‘lanish bosh miyada “blyashka”larni paydo qiladi. Bu esa kognitiv qobiliyatlarning sekinlanishiga olib keladi. Oq undan tayyorlangan mahsulotlarni butun donli mahsulotlarga almashtirish tavsiya qilinadi.
Spagetti, guruch va boshqa oq mahsulotlar
Nafaqat spagetti, qotgan non va shirinliklar, balki oq guruch ham xotira uchun zararli hisoblanadi. Ularni iste’mol qilish miyada “blyashka”lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham oq guruchni qizil yoki jigarrangiga almashtirish, garnirga esa miya faoliyati uchun foydali bo‘lgan loviya yoki boshqa dukkakli mahsulotlar yeyish tavsiya qilinadi.
Qanday mahsulotlar foydali?
Omega-3 yog‘ kislotasini o‘z ichiga oladigan mahsulotlardan iborat parhez miya salomatligi uchun foydali. Brain Behavior and Immunity jurnalida chop etilgan maqolada, ushbu oziqa moddalari, qayta ishlangan yeguliklar keltirib chiqaradigan yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishi yozilgan. Ratsiondan yong‘oq, yog‘li baliq, ayrim yog‘ va ko‘katlar o‘rin olishi kerak. Ularni doimiy ravishda iste’mol qilish hujayralardan tashqaridagi oqsilli “blyashka”larning paydo bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, aqliy va jismoniy faoliyatni davom ettirish, xolesterin va arterial qon bosimni nazorat qilib, spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish ham juda muhim sanaladi.
Mavzuga doir:
- Uyqu me’yorda bo‘lishi uchun nutritsiologlar iste’mol qilishni tavsiya qiladigan 13 mahsulot
- Kutilmagan tarzda ruhiyatga ta’sir qiladigan mahsulotlar
- Oshqozon-ichak tizimi uchun zararli 6 mahsulot
- Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi?
- Ishlaymiz va ozamiz. Vazn yo‘qotish uchun ishda rioya qilish kerak bo‘lgan 4 qoida
- Ozish jarayonida organizm duch keladigan 5 ta xatar
Manba