Ratsionga kiritish tavsiya etiladi: nutritsiolog ruxga boy mashulotlar nomini ma’lum qildi
Dunyo aholisining deyarli 20 foizi rux tanqisligiga moyil. Ushbu elementning yetishmasligi ichki organlarning buzilishiga, soch, tirnoq va teri holatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Foydali va to‘g‘ri ovqatlanish rux bo‘lgan ehtiyojni to‘ldirishga yordam beradi, deb yozadi “Championat”.
Foto: PinterestOrganizm mahsulotdagi rux miqdorining yarmini o‘zlashtiradi. Shuning uchun iloji boricha ko‘proq elementga boy yangi sabzavot va mevalarni iste’mol qilish lozim, chunki ularni pishirish ruxning 50-80 foizini yo‘qolishiga olib keladi. Bu umumiy ko‘rsatmalar, albatta, ba’zilar uchun mos kelmasligi mumkin. Ratsionni tuzishda shaxsiy xususiyatlar — allergiya hisobga olinishi muhim.
Qovoq urug‘lari
Xom urug‘larda juda ko‘p miqdordagi rux(100 gramm uchun taxminan 10 mg)kunlik ehtiyojning taxminan 70 foizini tashkil qiladi. Qovoq urug‘lari kletchatka, antioksidant, vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Kattalar undan kuniga 30 grammdan iste’mol qilishi mumkin.
Tuxum
Tuxumi, ya’ni uning sarig‘i 3 mg ruxni o‘z ichiga oladi — bu kunlik ehtiyojning 26 foizini tashkil qiladi. Tuxum tarkibida kalsiy, magniy, fosfor, temir, yod va boshqa foydali moddalar ham mavjud. Bundan tashqari, u oson hazm bo‘ladigan oqsilning ajoyib manbaidir.
Ustritsalar
100 gramm ustritsada 70 dan 80 mg gacha rux mavjud, bu elementning kunlik ehtiyojidan besh baravar ko‘p. Ushbu mahsulot qalqonsimon bez va immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, dengiz mahsulotlaridan olinadigan rux ko‘zni infeksiya va parazitlardan himoya qiladi.
Kunjut
Kunjut tarkibida vitamin, aminokislota, oqsil va, albatta, rux mavjud. Urug‘lar kasallikdan tezda tiklanishga yordam beradi, asab tizimini mustahkamlaydi va yurak kasalliklarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Mak
Mak tarkibida ham rux mavjud bo‘lib, u oq qon hujayralarini ko‘paytirishda ishtirok etadi, bakteriya, virus va boshqa begona elementlarning kirib kelishiga qarshi himoya reaksiyasini kuchaytiradi. Mak tarkibidagi kaliy miqdori tufayli qon tomirlarining kuchlanishini kamaytiradi, qon bosimini pasaytirishga yordam beradi va qon quyqalarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Manba