Salomatlik Salomatlik Qandli diabetning bilib qo‘yish muhim bo‘lgan 9 ta belgisi

Qandli diabetning bilib qo‘yish muhim bo‘lgan 9 ta belgisi

O'qildi: 269


Qandli diabetning bilib qo‘yish muhim bo‘lgan 9 ta belgisi

Qandli diabet yashirin tarzda rivojlanishi mumkin. Jarayonni vaqtida aniqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?“Noviy ochag” nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘pincha, ikkinchi toifa qandli diabet e’tiborga olinmaydi, shuning uchun uning alomatlarini dastlabki bosqichlarda o‘tkazib yuborish oson. Aksariyat insonlar hatto ushbu kasallikning tobora jiddiylashib borishidan shubhalanmaydi.

Nima uchun ikkinchi toifa qandli diabet xavfli?

Ikkinchi toifa qandli diabet nima?Oddiy qilib aytganda, bu qondagi glyukoza miqdorini keskin ko‘tarilishiga olib keladigan kasallikdir. Organizmdagi ortiqcha shakar muammoga olib kelishi mumkin, shuning uchun diabetning birinchi belgilarini kuzatish juda muhimdir. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va turmush tarzini o‘zgartirish tufayli diabetni jiddiy va noxush oqibatlardan qochib, nazorat ostiga olish mumkin.

Qandli diabetning ikkinchi toifasi keng tarqalgan kasallikdir. Birgina Amerikada 30 millionga yaqin insonlar undan aziyat chekmoqda, yana 84 million kishi qand kasaliga chalingan. Qandli diabetda odamlarda qondagi qand miqdori barqaror ravishda ko‘tariladi, ammo shifokorlar bu holatni qaytarib bo‘lmaydigan, kasallikning o‘zi esa to‘liq shakllangan deb hisoblamaydi. Biroq turmush tarzini o‘zgartirmaslik va davo choralarini ko‘rmaslik ortidan diabet keyingi bosqichlarga o‘tadi — birinchi belgilar taxminan besh yil o‘tib namoyon bo‘ladi.

Tez-tez peshob chiqarish

Qonda qand miqdori yuqori bo‘lsa, buyraklar ortiqcha glyukozani chiqarib tashlash uchun ishlaydi. Shuning uchun diabetga chalingan odamlarda tez-tez peshob chiqarish istagi, ayniqsa kechasi kuchayadi.

Kuchli chanqoq

Ikkinchi nuqta to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchisi tufayli kelib chiqadi. Tez-tez peshob chiqarish butun organizmning suvsizlanishiga olib keladi va bu chanqoq hissi paydo bo‘ladi. Bunday holatda odamlar ko‘p suv ichishiga qaramay, organizmda odatda yetarli suyuqlik bo‘lmaydi. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, suvsizlanish ko‘pincha elektrolitlar — kaliy, magniy va boshqa minerallar yetishmasligi bilan birga kuzatiladi, ular peshob bilan birga organizmni tark etadi.

Doimiy ochlik hissi

Nafaqat chanqoq, balki doimiy ochlik ham ikkinchi toifa diabetning belgisi bo‘lishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi oziq-ovqatni oddiy shakarga(glyukoza)aylantiradi, keyin esa organizm undan yoqilg‘i sifatida foydalanadi. Qandli diabet bilan kasallangan odamlarda qon oqimidagi glyukoza hujayra devorlariga kira olmaydi. Natijada hatto to‘yimli ovqatdan keyin ham diabetga chalingan odamlar doimo ochlikni his qiladi.

Muntazam charchoq hissi

Ikkinchi toifa diabetda glyukozaning samarasiz parchalanishi va so‘rilishi organizm to‘qimalarining och qolishiga olib keladi. Bu doimiy charchoq va holsizlikka sabab bo‘ladi.

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolar

Qondagi shakarning ortiqcha miqdori qon tomirlari va kapillyarlarga zarar yetkazadi, ularning devorlari yanada mo‘rtlashadi. Bu orqali ko‘zdagi qon tomirlar shikastlanadi, ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Aytish joizki, muammo bir ko‘zda yoki ikkalasida bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lishi mumkin. Agar diabetni vaqtida davolash boshlanmasa, vaqt o‘tishi bilan ko‘rish qobiliyati butunlay yo‘qolishi ham mumkin.

Tuzalish tezligining pasayishi

Odatda katta shikastlanishdan ham ko‘ra kichik yaralar tezda tuzalib ketishi kerak. Ammo ushbu jarayon davomiyligi ortadi. Bularning barchasi xuddi shu sababga ko‘ra sodir bo‘ladi, qon tomirlari va kapillyarlarning devorlari qondagi shakarning ko‘pligidan aziyat chekadi, organizm esa tiklanish uchun yetarli resurslarga ega emas. Yaraning sekin bitishi yuqori darajada infeksiya xavfi bilan bog‘liq.

Oyoq va qo‘llar uvishishi, tomir tortishishi yoki og‘riq

Qonda shakar miqdori qon aylanishiga ta’sir qiladi, natijada asab tugunlariga zarar yetkazadi. Ikkinchi toifa diabet bilan og‘rigan odamlarda bu barmoqlar yoki oyoq-qo‘llarda og‘riq, uvishish va tomir tortishishi hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha bu oyoqlarda namoyon bo‘ladi. Bu holat neyropatiya deb ataladi va boshqa alomatlar kabi vaqt o‘tishi bilan yomonlashishi mumkin.

Teri rangining qorayishi

Ba’zi joylarda teri qalinlashishi va rangi o‘zgarishi mumkin. Odatda bo‘yin, qo‘ltiq, qorin bo‘shlig'idagi teri, bo‘g‘im va tirsaklar qorayadi. Ushbu joylar juda yumshoq bo‘lgani uchun ham terida o‘zgarish yuz beradi.

Qichishish va zamburug‘ 

Qon va peshobdagi ortiqcha glyukoza zamburug‘ va boshqa infeksiyalar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida barcha turdagi infeksiyalarga olib keladi. Zamburug‘lar issiq, nam joylarni yaxshi ko‘radi. Ortiqcha vaznli insonlarda infeksiya terining burmalariga joylashadi. Muammoli joylar odatda yallig‘lanadi va qichishadi, turli toshmalar paydo bo‘ladi.

Nima uchun qandli diabetga vaqtida tashxis qo‘yish muhim?

Qandli diabetni davolash qanchalik tez boshlansa, keyinroq kamroq asoratlarga duch kelish mumkin. Turmush tarzi va ratsionni o‘zgartirish, qondagi glyukoza darajasini nazorat qilishni boshlash kerak bo‘ladi, ammo ikkinchi toifa diabetni yetarlicha harakat bilan nazorat qilsa bo‘ladi. Agar siz kasallik vaqtida aniqlansa, jarayonni butunlay orqaga qaytarish mumkin.

Davolashlarsiz diabet butun organizmga katta ta’sir ko‘rsatadi, bu sog‘liq va hayotni xavf ostida qoldirishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda ko‘pincha quyidagi kasalliklar rivojlanadi:

  • yurak muammolari;
  • insult;
  • asablarning shikastlanishi;
  • oyoq muammolari;
  • buyrak kasalligi;
  • ko‘rlik.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.