Salomatlik Salomatlik Qancha xohlasangiz, shuncha iste’mol qiling: olma, tuxum va ishtahani bo‘g‘uvchi boshqa mahsulotlar

Qancha xohlasangiz, shuncha iste’mol qiling: olma, tuxum va ishtahani bo‘g‘uvchi boshqa mahsulotlar

O'qildi: 397


Qancha xohlasangiz, shuncha iste’mol qiling: olma, tuxum va ishtahani bo‘g‘uvchi boshqa mahsulotlar

Vazn kamaytirishga yoki hozirgi vazningizni saqlashga harakat qilyapsizmi?Bunda, albatta, ishtahani bostiradigan mahsulotlar yordamga keladi. Ko‘pchilik yuqori kaloriyali uglevodlar yoki shakarga boy mahsulotlar iste’mol qiladi va darhol ochlikni his qiladi, bu muqarrar ravishda vazn ortishiga olib keladi. Biroq ishtahani ancha xavfsizroq tarzda ham bostirish mumkin, deb yozadi Marie Claire.

Foto Marie Claire

Zanjabil

Zanjabil nafaqat ko‘ngil aynishini yo‘qotishga yordam beradi, balki ishtahani ham nazorat qiladi, ya’ni ochlikni qondiradi. Zanjabil oshqozon-ichak trakti orqali asta-sekin harakatlanadigan va qon oqimi orqali organizmni energiya bilan ta’minlaydigan vosita sifatida ishlaydi. U yuqori antioksidant xususiyatlarga ega, xolesterin darajasini pasaytiradi va me’da shirasining sekretsiyasini kamaytiradi. Zanjabil shifobaxsh xususiyatlari uchun ham keng qo‘llaniladi.

Ziravorlar

Achchiq qalampir nafaqat taomlarga mazali ta’m qo‘shadi, balki sog‘liq uchun juda ko‘p foyda keltiradi. Qizil qalampir tarkibida yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan, saraton hujayralariga qarshi kurashuvchi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oldini oluvchi, metabolizmni tezlashtiradigan va energiya sarfini oshiradigan kapsaitsin mavjudligi ma’lum. Dolchin qondagi qand miqdorini pasaytiradi va uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi. Ishtaha imkon qadar uzoq vaqt bo‘lmasligi uchun ovqatlarga yoki ichimliklarga qalampir yoki dolchin sepish mumkin.

Yalpiz

Yalpiz barglari ochlikni bostiruvchi xususiyatlarga ega. Vaznni nazorat qilishni istovchilar taomga bir nechta barg qo‘shishi yoki choy sifatida ichishi mumkin.

Chia urug‘lari

Bu mayda urug‘lar omega-3 yog‘ kislotalari, oqsil va kletchatkaning ajoyib manbaidir. Ularning barchasi ochlik tuyg‘usini bostirishga yordam beradi. Vaznni nazorat qilish va sog‘lom bo‘lish uchun chiani yogurtga aralashtirib, iste’mol qilish mumkin.

Zig‘ir urug‘i

Zig‘ir urug‘i kletchatka, omega-3 yog‘ kislotalari va oqsilning ajoyib manbai hisoblanadi. Kichkina urug‘lar oshqozonda juda ko‘p joy egallamaydi, ammo ishtahani bostirishga yordam beradi. Ertalab smetana bilan zig‘ir urug‘ini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Bodom

Xotirani yaxshilashdan tashqari, bodom sog‘lom yog‘larning ajoyib manbai hisoblanadi, u uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi. Bodom mazali gazak sifatida ham foydali, uni iste’mol qilgan odam vazn oshishi masalasida qayg‘urmasa ham bo‘ladi.

Tofu

Soya sutidan tayyorlangan tofu oqsil, E vitamini, kalsiy va temirga boy. Bundan tashqari, bu oziq-ovqat mahsulotida xolesterin mavjud emas. Soya oqsili, boshqa o‘simlik oqsillaridan farqli o‘laroq, to‘liq oqsil hisoblanadi va organizmni to‘qlik hissi bilan ta’minlaydi.

Dukkaklilar

No‘xat, loviya, yasmiq kabi loviya va boshqa dukkakli ekinlar kletchatka hamda oqsilning ajoyib manbalari bo‘lib, kaloriyasi kam. Dukkaklilar kraxmal va oligosakkaridlar deb nomlanuvchi murakkab uglevodlarga boy bo‘lib, ular hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Bu esa organizmni uzoq vaqt to‘q saqlashga yordam beradi.

Tuxum

Tuxum iste’molidan so‘ng organizmda ishlab chiqariladigan grelin gormoni to‘qlik hissini beradi. Shuningdek, u oziq-ovqatga bo‘lgan istakni bostiradigan yuqori sifatli oqsilni o‘z ichiga oladi. Vazn kamaytirishni hamda o‘zini shirinlikdan tiyishni istaganlarga tuxum kundalik ratsion uchun ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Faqat ularga yuqori kaloriyali qo‘shimchalar qo‘shmaslik va kamroq qovurishdan saqlanish kerak.

Losos

Losos balig‘i oqsil va omega-3 yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi. Ushbu ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar ishtahani darajada bostiradigan gormonal o‘zgarishlarga olib keladi. Shuningdek, u yog‘ almashinuvida va vaznni boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan D vitaminining ajoyib manbaidir.

Avokado

Avakado sog‘lom mono to‘yinmagan yog‘li kislotalar va kletchatkaga boy. U uzoq vaqt hazm qilinadi, shuning uchun oshqozonni to‘q tutadi. Eriydigan kletchatkalar tufayli avokado ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi, kaloriya va yog‘larga boy bo‘lsa-da, yurakni sog‘lomlashtirishga, teri holatini yaxshilashga va hatto ochlikni kamaytirishga yordam beradi. Asosiysi kuniga bittadan ko‘p avokado iste’mol qilmaslik.

Ko‘katlar

Ko‘katlar nafaqat sog‘liq uchun, balki vazn uchun ham foydalidir. Salat barglari suv va kletchatkaga boy bo‘lib, bu organizmni uzoq vaqt davomida to‘q his qilishiga yordam beradi.

Olma

Kuniga bitta olma ochlikdan va parhezshunosga tashrif buyurishdan qutqaradi. Ushbu meva kletchatka va pektinning ajoyib manbai. Olma tarkibidagi katta hajmli tolani chaynash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi, bu ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Qolaversa, qo‘shimcha kaloriya va uglevodlarni iste’mol qilishdan qochish imkonini beradi, bu esa organizmdagi yog‘ zahiralarining cho‘kishini kamaytiradi. Olma tarkibida kletchatkaga qo‘shimcha ravishda suv mavjud bo‘lib, u ham ochlikni qondiradi va oshqozonni uzoq vaqt davomida to‘q ushlab turadi. Ammo agar gastrit yoki shunchaki oshqozonda boshqa muammolar bo‘lsa, xom olmadan voz kechish yaxshiroqdir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.