O‘zingizda tekshirib ko‘ring: qandli diabetni qanday aniqlash mumkin?
Ma’lum bo‘lishicha, bemorlarning yarmidan ko‘pi o‘zining tashxisi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Mutaxassis qandli diabetning xavf omillari va u bilan qanday yashash kerakligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi, deb yozadi Wday.
Foto: WdayIlk alomatlar
Birinchi toifa diabetning klassik belgilari tashnalik, zaiflik, terining qichishi va tez-tez hojatga chiqishdir. Ammo, afsuski, bu belgilar qonda glyukoza darajasi allaqachon juda yuqori bo‘lgan bir vaqtda paydo bo‘ladi. Ikkinchi toifa qandli diabet belgilarsiz kuchayib boradi va uzoq vaqt davomida, ba’zan 10 yilgacha bemor sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi, sababi uning o‘zi ham kasallikdan bexabar bo‘ladi. Ya’ni ikkinchi toifa qandli diabetga chalinganlarning 54 foizi o‘z kasalligi haqida hech narsani bilmaydi.
Ovozsiz dushman
Birinchi toifa qandli diabet — bu immunitet tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchragan va o‘z hujayralariga hujum qiladigan kasallik. Odatda bolalar, o‘smirlar va yoshi katta insonlarda uchraydi. Qisqa vaqt ichida insulin ishlab chiqaradigan beta-hujayralar organizmdan yo‘qoladi.
Ikkinchi toifa diabet ko‘proq uchraydi. Organizmda boshqa muammolar paydo bo‘ladi. Ular semizlik bilan bog‘liq bo‘lib, bu insulin ta’sirining zaiflashishiga olib keladi. Natijada qondagi glyukoza darajasi ko‘tariladi.
Homiladorlik qandli diabeti ham mavjud. Bu faqat homilador onalarda bolani tug‘ish paytida rivojlanadi, tug‘ruqdan keyin muammo yo‘qoladi. Homiladorlikning 24-haftasida kasallikni aniqlash uchun maxsus test o‘tkaziladi. Qandli diabetning boshqa turlari ham bor, ammo ular juda kam uchraydi.
Xavf omillari
Birinchi toifa diabetning oldini olish mumkin emas, chunki bu autoimmun muammodir. Ikkinchi toifa diabetning sabablarini ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: tashqi va ichki.
Birinchisiga irsiy moyillik(to‘g‘ridan to‘g‘ri qarindoshlarda ikkinchi toifa diabet kasalligi tashxisi mavjudligi), qorin bo‘shlig‘idagi semirish natijasida kelib chiqqan metabolik kasalliklar kiradi. U bilan yog‘ to‘qimasi qorin bo‘shlig‘ini egallaydi.
Tashqi omillar orasida ko‘p miqdordagi hayvonlarning yog‘lari, noto‘g‘ri ovqatlanish, to‘yib ovqatlanmaslik va harakatsiz turmush tarzi kiradi. Qizig‘i shundaki, psixo-emotsional holat ham kasallikning paydo bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin.
Amerikaning so‘nggi tadqiqotiga ko‘ra, surunkali stress ikkinchi toifa diabet xavfini 25 foizga oshirishi mumkin.
Qandli diabetda parhez
Agar kasallik boshlangan bo‘lsa, endokrinologning barcha tavsiyalariga amal qilish kerak. Parhezga rioya qilish muhimdir. Potensial zararli mahsulotlarni istisno qilish kerak: hayvon yog‘lari, tozalangan uglevodlar. Ratsion qanchalik tabiiy bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bemor shirinlik iste’mol qilmasligi kerakligi haqida shunday keng tarqalgan noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Aslida birinchi navbatda, qayta ishlangan mahsulotlardan ehtiyot bo‘lishi kerak.
Ortiqcha vaznga moyil bo‘lganlar oziq-ovqatlarning kaloriya tarkibini kuzatishi kerak. Agar bemor maxsus va jarrohlik usullari yordamida tana vaznini kamaytirishga muvaffaq bo‘lsa, qandli diabet xavfini kamaytirish mumkin.
Tez yordam
Noto‘g‘ri davolanish yoki shifokorning tavsiyalariga rioya qilmaslik bilan bemorda xuruj paydo bo‘ladi. U turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Eng keng tarqalgan variantlardan biri gipoglikemiya — qonda shakar darajasining pasayishi bilan tavsiflanadigan holat.
Asosiy alomatlar terlashning kuchayishi, tartibsizlik, bosh aylanishi, titroq, o‘tkir ochlik hissi. Bunday vaqtda shakarni keskin ko‘tarish kerak. Agar bu vaqtida bajarilmasa, bemor hushini yo‘qotishi va komaga tushishi mumkin.
Bu glyukoza tabletkalarini yoki tozalangan shakarning bir qismini qabul qilish deganidir. Agar biror bemor hushidan ketgan bo‘lsa, unga ovqat berishga urinmaslik lozim, bu bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun darhol shifokorni chaqirish kerak, u bemorni hushiga keltirish uchun ukoldan foydalanadi.
Ikkinchi mumkin bo‘lgan holat — diabetik koma(ketoatsidoz). Qonda atseton paydo bo‘lishi hayot uchun xavfli holat. Uning hidi sezila boshlaydi. Bunday holda, darhol tez yordam chaqirish kerak. Atseton darajasi maxsus test yordamida o‘lchanadi. Agar ko‘rsatkichlar xavfli bo‘lsa, bemorni kasalxonaga yotqizish va insulin bilan davolash kerak bo‘ladi.
Manba