Salomatlik Salomatlik Qisqa vaqt ichida ko‘proq ishni amalga oshirishga yordam beradigan 5 ta odat

Qisqa vaqt ichida ko‘proq ishni amalga oshirishga yordam beradigan 5 ta odat

O'qildi: 271


Qisqa vaqt ichida ko‘proq ishni amalga oshirishga yordam beradigan 5 ta odat

Har bir kundan unumli foydalanish uchun odatdagidan erta turish yoki ortiqcha ishlash shart emas. Lifehacker nashri qisqa vaqt ichida ko‘proq ish bajarishga yordam beradigan odatlarni sanab o‘tdi.

Foto: Pinterest

Kechqurun reja tuzing

Ba’zi kunlarda inson deyarli uyquga to‘ymaydi. Natijada muhim narsalardan bir qadam ortda qoladi va vaqtni umuman boshqara olmaydi. Diqqatni jamlash qanchalik qiyin bo‘lsa ham, kechasi 3-4 ta muhim ishni rejalashtirish kerak. Ushbu odat bilan ertangi kunlik maqsadlar aniq bo‘ladi va nima qilish kerakligini tanlash uchun vaqt behudaga sarflanmaydi.

Tartibsizlikdan saqlaning

Tartibsizlik chalg‘itadi. Qog‘ozlar to‘plami yoki yuvilmagan stakanlar to‘planib qolganda muhim masalaga diqqatni jamlash qiyinlashadi. Ammo ushbu oddiy odatlarga rioya qilish orqali tartibni saqlash mumkin:

  1. Uyg‘ongandan so‘ng darhol yotoqni tartibga keltirish lozim. Vaqt o‘tishi bilan bu avtomatik ravishda amalga oshiriladi
  2. Ish stolini muntazam tozalab turish kerak.
  3. Fayllar va hujjatlarni tartibga solish uchun qulay tizimni o‘ylab topish va ularga kirishni soddalashtirish tavsiya etiladi.
  4. Bu harakatlarning barchasi atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, ammo ular keyinchalik ko‘p vaqtni tejaydi va e’tiborni muhimroq narsalarga qaratishga yordam beradi.
Ishni soddalashtiring

Vazifalarni bajarish o‘ta mashaqqatli bo‘lmasligi kerak, aks holda muntazam ravishda xato qilish boshlanadi. Buning uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi:

“Eng yaxshi soat” dan foydalanish. Dunyoqarashni kengaytiradigan biror narsa qilishni rejalashtirgan, masalan, kitob o‘qish yoki yangi mahoratni oshirish uchun o‘zingizni kuchli his qiladigan vaqtni tanlang. Bu erta tong yoki kechki payt bo‘lishi mumkin.

Energiyani taqsimlash. Har bir organizm cheklangan energiya zaxirasiga ega, shuning uchun uni ijtimoiy tarmoqlarga sarflamaslik kerak. Kunni eng qiyin rejalardan boshlash, nisbatan yengillarini keyinroqqa qoldirish lozim.

Beqarorlikdan qochish. Bu vaqt va kuchni yo‘qotadi. Uni yengib o‘tish uchun bir kun oldin tuzilgan rejalar yordam beradi.

Chalg‘itadigan narsalarni olib tashlash. Telefondagi bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying yoki yaxshisi, uni butunlay boshqa joyga qo‘yish kerak. Shundagina ish bilan shug‘ullanish va har bir daqiqani behuda o‘tkazmaslik mumkin.

Sport bilan shug‘ullaning

Sport diqqatni jamlashga yordam beradi. Agar murakkab intellektual ish bilan shug‘ullansangiz, bu yanada ko‘proq kerak bo‘ladi. Boshqa tomondan jismoniy faoliyat uchun vaqt topish qiyin bo‘lishi mumkin. Darhol katta maqsadlar qo‘yib bo‘lmaydi. Ehtimol, ular qo‘rqitishi va hech narsa qilishga ulgurmaslik mumkin. Hammasini besh daqiqalik sport mashg‘ulotidan boshlash va, albatta, mashq qilishni davom ettirish lozim.

O‘zingiz nazorat qila oladigan narsalarga e’tibor qarating

Agar ofisda ishlasangiz, boshqa odamlarning mojarolari va muammolari chalg‘itishi qanchalik oson ekanini bilasiz. Shunday vaqtda inson o‘zini nazoratidan tashqarida bo‘lgan narsaga kuch sarflamasligi muhimdir.

Ushbu maslahat katta loyihalarni amalga oshirish kerak bo‘lganda ham foydalidir. Bunday hollarda birinchi turtki shoshilish va uni imkon qadar tezroq hal qilishdir. Ammo kitob yozish yoki biznes qurish kabi katta ishlar vaqt talab etadi. Katta vazifalarni bo‘laklarga bo‘lib, ularni har kuni bajarish kerak. Natijada asta-sekin oldinga intilish bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.