Salomatlik Salomatlik Vazn yo‘qotish borasida ko‘pchilik ishonadigan 4 ta yanglish fikr

Vazn yo‘qotish borasida ko‘pchilik ishonadigan 4 ta yanglish fikr

O'qildi: 382


Vazn yo‘qotish borasida ko‘pchilik ishonadigan 4 ta yanglish fikr

Samarali vazn yo‘qotish usullari qizlarning suhbatlari uchun sevimli mavzulardan biridir. Biroq bu usullarning ko‘pchiligi hech qanday tadqiqot tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Grazia nashri nazariyalarning to‘g‘riligi allaqachon mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olingan bu kabi fikrlarga oydinlik kiritdi.

Foto: Grazia

Nonushtadan voz kechish ozishga yordam beradi

Nonushta qilmaslik vazn kamaytirishga yordam berishini hech qanday tadqiqot isbotlamadi. Nonushtani o‘tkazib yuborish orqali kuniga kamroq kaloriya iste’mol qilish mumkin, degan nazariya mavjud. Biroq ko‘pincha nonushta qilishni o‘tkazib yuboradiganlar kaloriya tanqisligini qoplash uchun kun davomida ko‘proq ovqatlanadi. Bundan tashqari, ozishni istaganlar asosan nima iste’mol qilayotganiga e’tibor qaratish kerak.

Gazaklar vazn ortishiga sabab bo‘ladi

Bu fikr ham oddiy sababga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas — gazaklar olma, shirin pechenye yoki xamir yeguliklar bo‘lishi mumkin. Ovqatlar orasida meva yoki kam yog‘li yogurt iste’mol qilishni afzal ko‘rganlar kilogramm olishi ehtimolidan yiroq emas. Bundan tashqari, gazak iste’mol qilish ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Shuning uchun his-tuyg‘ularni tinglash va sog‘lom ovqatga ustunlik berish yaxshidir.

Ozish uchun shirinliklarni rad etish kerak

“Inson o‘zi yoqtirgan taomlardan voz kechishi hech qanday foyda keltirmaydi. Oxir-oqibat bardosh bera olmaslik natijasida barcha harakatlar bekor qilinishi mumkin. Vaqti-vaqti bilan shirinlik yeyishning yomon joyi yo‘q”, — deydi Britaniya yurak jamg‘armasi mutaxassislari. Asosiysi, me’yorni bilish.

Ochlik — vazn kamaytirishning eng oson usuli

Ba’zilar bir kun va hatto bir necha kun davomida ovqatdan bosh tortishdan yaxshiroq narsa yo‘qligiga ishonadi. Organizm kaloriya olmaganligi sababli, vazn haqiqatan ham tez o‘zgara boshlaydi. Biroq ko‘plab mutaxassislar ochlik bilan vazn kamayishi haqidagi fikrni rad etdi, chunki ovqatlanishni boshlash bilan barcha yo‘qolgan kilogrammlar darhol o‘z o‘rnini to‘ldiradi.

Mavzuga doir:

  • Har kuni kamida 30 daqiqa yurish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
  • Haftasiga kamida 4 kilo: vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?
  • Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan 5 ta vitamin


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.