Zararli nonushta: umr qisqarishiga sabab bo‘luvchi ovqatlanishga doir odatlar
Ikki xil odamlar bor: nonushta qilishni yaxshi ko‘radiganlar va yomon ko‘radiganlar. Kunni qanday boshlashingiz sog‘lig‘ingizga, jumladan, surunkali kasalliklarning boshlanishi yoki kuchayishiga ta’sir qilishi mumkin.
Nonushtadan oldin bir chashka qahva
Foto: Stock AdobeUyg‘onganingizdan so‘ng birinchi navbatda kofe ichishingiz mumkin bo‘lsa-da, nonushta qilingunga qadar kutganingiz ma’qul. Bat universiteti tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ertalab och qoringa qora qahva ichish qondagi shakar miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, diabet va yurak kasalliklarini yuzaga keltirishi mumkin.
Nonushta qilmaslik
Foto: Stock AdobeNonushtani o‘tkazib yuborish metabolizmga ta’sir qilishi mumkin. Journal of Clinical Endocrinology and Metabolism jurnalida 2020-yilda chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, to‘yimli kechki ovqatdan ko‘ra yaxshi nonushtani afzal ko‘rgan ishtirokchilar kun davomida deyarli ikki baravar ko‘p kaloriya sarflashgan. Past kaloriyali(yuqori kaloriyali nonushta o‘rniga)nonushta qilgan ishtirokchilarda ochlik hissi kuchaygan ayniqsa, shirinliklarga nisbatan. Bularning barchasi semizlik xavfi bilan bog‘liq bo‘lib, umr ko‘rish davomiyligini 14 yilgacha qisqartirishi mumkin.
Nonushtaga sharbat
Foto: Stock AdobeNonushtaga kiritilgan bir stakan sharbat 2-toifa diabet xavfini oshirishi mumkin. 2019-yilda Diabetes Care jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 100 foiz meva sharbati ichishni ½ stakanga ko‘paytirish diabetga chalinish xavfini 16 foizga oshiradi. Tadqiqotchilar sharbat o‘rniga kletchatkani o‘z ichiga olgan butun meva iste’mol qilishni taklif qilishadi.
Dorilarga to‘sqinlik qiladigan ichimliklar
Foto: Stock AdobeAgar nonushtada bir stakan yangi siqilgan greyfurt sharbatini ichishni yaxshi ko‘rsangiz, dori qabul qilganingizda ichmagan ma’qul. Oziq-ovqat va farmatsevtika boshqarmasi greyfurt sharbati dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirlashishi va qon oqimiga kiradigan tarkibni o‘zgartirishi mumkinligini aniqladi. Bundan tashqari, bir qator oziq-ovqat va dorilar ham vitamin iste’moliga xalaqit berishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Ismaloqdan tashqari temir moddasiga boy 10 ta mahsulot
- Qanday mahsulotlar organizmga ko‘proq to‘qlik hissini beradi?
- Yashirin tahdid: Organizm uchun zararli qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar
- Zararsiz deb o‘ylamang: qo‘l va oyoq uvishishining sabablari
Manba