Salomatlik Salomatlik Ovqatlanishdan so‘ng kuzatiladigan ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi?

Ovqatlanishdan so‘ng kuzatiladigan ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi?

O'qildi: 333


Ovqatlanishdan so‘ng kuzatiladigan ko‘ngil aynishi nimadan darak beradi?

Ko‘pchilik ovqatdan keyin o‘zini yomon his qiladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib kelishi mumkin.

Foto: Getty Images

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:

Sog‘lom odamda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi

Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlanishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • ortiqcha ovqatlanish;
  • qovurilgan va yog‘li ovqatlar;
  • ovqatdan so‘ng darhol bajarilgan faol harakatlar va jismoniy faoliyat;
  • sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilish;
  • intoksikatsiya.
Bunday hollarda ovqatlanishni tartibga solish yoki toksik moddalardan foydalanishni to‘xtatish kifoya.

Foto: Getty Images

Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi

Agar diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa va ovqatdan keyin ko‘ngil aynish saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklarning rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:

  • ezofagit;
  • gastrit;
  • enterit;
  • gepatit;
  • pankreatit;
  • o‘t qopidagi tosh;
  • xoletsistit;
  • oshqozon yarasi;
  • ichak disbakteriozi.
Ushbu kasalliklar tibbiy muolajani talab qiladi, mustaqil davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.

Foto: Getty Images

Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi

Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisidir, agar ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynisa, nima qilish kerak?

Avvalo, uni yuzaga keltiradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:

  • kam-kamdan tez-tez ovqatlaning;
  • ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning(faqat piyoda yurish tavsiya etiladi);
  • yog‘li ovqatlarni kamaytiring;
  • bug‘da pishirilgan, qaynatilgan va dimlangan ovqatlarga ustunlik bering;
  • mahsulotlarning yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
  • alkogol va tamaki iste’mol qilmang;

Mavzuga doir:

  • Anemiyaning o‘z vaqtida sezish kerak bo‘lgan 7 ta yashirin alomati
  • Uzoq umr ko‘rish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan 9 ta asosiy tibbiy tahlil va testlar
  • Uyqu insonni qanday qilib Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi?
  • Sababsiz ko‘karish: teri yuzasidagi gematomalar qanday kasalliklardan ogohlantiradi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.