“Nafaqat O‘zbekistonda balki butun dunyoda o‘t-tosh kasalliklari soni ortib bormoqda” — professor Zarifboy Yangiboyev
Butun dunyoda operatsiyalar soni jihatidan ham, davolanayotgan bemorlar soni jihatidan ham o‘t-tosh kasalliklarining soni ortib bormoqda. Bu haqda “Z-hospital” klinikasining shifokor-jarrohi, professor Zarifboy Yangiboyev “Shifobaxsh” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Foto: “Shifobaxsh” YouTube kanaliO‘t-tosh kasalliklari ortgan
Avallari jarrohlik amaliyotida “ko‘richak” kasalligi eng ko‘p uchragan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib o‘t-tosh kasalliklari soni ortgan. Bu tendensiya nafaqat O‘zbekistonda balki butun dunyoda avj olib bormoqda. Operatsiyalar soni jihatdan ham, davolanayotgan bemaorlar soni jihatdan ham o‘t-tosh kasalliklarining soni yuqori.
Kelib chiqish sabablari
O‘t-tosh kasalliklariga o‘t qopining kimyoviy buzilishi, meyoridan ortiq yog‘li ovqatlanish sabab qilib ko‘rsatiladi. Ba’zan o‘ta och yurish yoki o‘ta to‘yib ovqat yeyish ham o‘t-tosh kasalligiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, kamharakatlik, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaslik o‘t-tosh kasalligini chaqiruvchi sifatida qaraladi.
Belgilari:
- ovqat hazm bo‘lmaslik;
- o‘ng qovurg‘a ostida sanchiq paydo bo‘lishi:
- qovurilgan, og‘ir ovqat yegandan so‘ng o‘t qopida og‘riq paydo bo‘lishi;
- ko‘ngil aynish;
- jig‘ildon qaynash, kekirish;
- ich dam bo‘lishi.
Afsuski, bu kasallikni davolashda noto‘g‘ri yondoshuvlar bor. Masalan, o‘tda tosh paydo bo‘lgan payti “toshni eritaman, tushiraman” degan mutaxassislar ham uchrab turadi. Bunday davo tadbirlari faqat vaqtincha yordam berishi mumkin.
Afsuski, bemorlarning 70 foizi og‘riqlar takror-takror kuztilganda, tosh o‘t yo‘lidan o‘tib ketganidan keyin va buni oqibatida og‘ir darajasiga o‘tgandan keyin shifokorga uchraydi. Agar bemor o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilsa, operatsiya 10-15 minutdan oshmaydi. Aksincha, kasallik o‘tib ketganidan keyin, og‘irlashgan holatda operatsiya qilinsa amaliyot sotlab cho‘zilib ketishi mumkin. Va uning natijasi hamisha ijobiy bo‘lavermaydi.
O‘t-tosh kasalliklarini to‘g‘ri davolash uchun o‘tni ichakka quyilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish kerak. Aks holda o‘tqopi yoki tosh olingani bilan 30-40 foiz ba’zan 50 foizgacha bemor tuzalmasligi mumkin. O‘t qopida tosh paydo bo‘ldi degani uni borib oldirib tashlasin, degan emas. O‘t vopida tosh bilan bir necha o‘n yillab yashab yurganlar bor. Aytish kerakki, o‘tda tosh bilan yashagandan ko‘ra, uni o‘z vaqtida oldirib, darddan ertaroq forig‘ bo‘lgan afzalroq.
Oldini olish
Birinchi navbatda, to‘g‘ri va tartibli ovqatlanish o‘t-tosh kasalliklarini oldini oladi. Jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilganlarda o‘t-tosh kasalliklari deyarli uchramaydi.
Manba