Organizmda D vitamini yetishmasligining 5 ta belgisi
Quyosh vitaminining yetishmasligi salomatlikka salbiy ta’sir qiladi, uning oldini olish organizm uchun eng yaxshi xizmatdir. Marie Claire nashri qaysi alomatlar birinchi navbatda D vitamini yetishmovchiligini ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Foto: Marie ClaireKuz-qish mavsumida quyoshli kunlar kamroq bo‘ladi va bu vaqt davomida D vitamini tanqisligi haqda o‘ylash kerak. Chunki mazkur vitamin organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi, immunitet, jismoniy faollik va chidamlilik uchun javobgardir.
Muskul-skelet tizimi va teri muammolari
Mushaklar kuchsizligi, suyaklardagi og‘riqlar va tomir tortishishi, sinishlarning yomon bitishi, sochlarning to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtlashishi, teri qurishi va qichishishi — bularning barchasi kalsiyning D vitaminiga bog‘liqligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Chunki kalsiy suyak, mushak, terida va uning hosilalari — tirnoq va sochlarda kamayadi.
Zaiflik va yomon kayfiyat
D vitamini retseptorlari mavjudligi sababli holsizlik, uyquchanlik yoki uyqusizlik, charchoqning kuchayishi, ruhiy tushkunlikkacha bo‘lgan kayfiyatning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Immunitetning pasayishi
D vitamini organizmning immun hujayralariga ta’sir qilib, turli yuqumli va yallig‘lanish jarayonlariga chidamliligini oshirganligi sababli, uning yetishmasligi immunitetning pasayishiga va natijada tez-tez shamollash, turli xil yallig‘lanish va yaralarning asta-sekin bitishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘rish va ovqat hazm qilish muammolari
Ishtahaning pasayishi, vazn yo‘qotish, og‘iz qurishi va ko‘rish qobiliyatining pasayishi, shuningdek, ovqat hazm qilish tizimi va ko‘rish organi to‘qimalarida D vitamini retseptorlari mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, uning yetishmasligi ushbu tizimlar faoliyatida muammolar keltirib chiqaradi.
Surunkali kasallikning rivojlanishi
D vitaminining asosiy vazifasi fosfor-kalsiy almashinuvini tartibga solishdir, ammo kalsiyning suyak va mushaklarda so‘rilishining uzoq davom etishi bilan bolalarda rivojlanish tezligi sekinlashadi. Masalan, o‘sishda kechikish, vazn yo‘qotish, tishlarning kech chiqishi, raxit, orqa miya deformatsiyasi, kattalarda — osteoporoz, sinish, kariyes, ayollarda — bepushtlikkacha bo‘lgan hayz davrining buzilishi kabilar.
Shu bilan birga, yuqoridagi alomatlar endokrin, yurak-qon tomir, asab va ovqat hazm qilish tizimlarining noto‘g‘ri ishlashi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarda ham paydo bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak. Shuning uchun vitaminning yuqori dozalarini ham qabul qilish tavsiya etilmaydi. Eng yaxshi variant — bu masalani mutaxassis bilan maslahatlashishdir.
D vitamini terida ultrabinafsha nurlari ta’sirida hosil bo‘ladi, shuningdek baliq yog‘i, go‘sht, jigar, tuxum, sut va nordon sut mahsulotlaridan kabi oziq-ovqatdan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu vitaminning profilaktik va terapevtik dozalarini tayinlashda organizmning individual xususiyatlarini ham, ovqatlanishning tabiatini ham hisobga olish kerak. Bundan tashqari, D vitaminini qabul qilishdan oldin uning qondagi boshlang‘ich darajasini belgilash kerak — bu shifokor tomonidan amalga oshiriladi.
Agar buning iloji bo‘lmasa, D vitaminiga boy ratsion, quyoshli vanna qabul qilish, quyoshli kunda ochiq havoda qishda kuniga kamida 2 soat, bahor, yoz va kuzda kuniga kamida 4 soat yurish lozim. Shuningdek, kuz va qish davrida, yashash joyiga qarab shifokor ko‘rsatmasiga binoan D vitaminining profilaktik dozasini qabul qilish tavsiya etiladi.
Manba