Salomatlik Salomatlik Ishtaha ochilishi: doimo ovqatlanish istagi tinch qo‘ymasa, qanday yo‘l tutish kerak?

Ishtaha ochilishi: doimo ovqatlanish istagi tinch qo‘ymasa, qanday yo‘l tutish kerak?

O'qildi: 460


Ishtaha ochilishi: doimo ovqatlanish istagi tinch qo‘ymasa, qanday yo‘l tutish kerak?

Bu ko‘p miqdorda ovqat iste’mol qilishiga qaramay, qomatini saqlashga urinadigan ayollar ehtiyot bo‘lishi kerak bo‘lgan asosiy sababdir. Ishtahaning oshishi ko‘plab jiddiy kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin, deb yozadi Wday.

Foto: Wday

Ochlik va ishtaha turli xil hodisalardir

Ochlik — bu organizmning ozuqa moddalarining yetishmasligiga obyektiv va aniq reaksiyasi. Shu orqali organizm odatdagi rejimda ishlashni davom ettirish uchun oxirgi ovqatdan keyin tugagan energiya zahiralarini to‘ldirish zarurligini bildiradi.

Agar yangi zahira bo‘lmasa, organizm darhol qayta tiklana boshlaydi, birinchi navbatda energiya zahiralarining eng qulay turini — mushak to‘qimasidan glikogenni iste’mol qiladi va keyin gormonal muvozanatni o‘zgartiradi. Shuning uchun vazn yo‘qotish uchun parhez tutilganda ham ochlikdan butunlay qochish kerak.

Ishtaha — bu boshqa jarayon. Ko‘pincha bu psixologik omillar, ba’zi hollarda kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Ovqatlanishdan zavqlanish ishtaha emas, balki organizmning normal ishlashi uchun zarur bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq ovqat yeyishga majbur qiladigan narsa xavflidir.

Ishtahaning ortishi — sog‘liq muammolari

Agar fiziologiya nuqtai nazaridan qaralsa, ishtahaning ortishi ham unga bog‘liq: bu ochlik tahdidi mavjud bo‘lganda organizmning belgi beradigan himoya mexanizmi. Organizm oziq-ovqat cheklovlari boshlanganda sarflanadigan ortiqcha zaxirani hosil qiladi.

Organizmdagi bunday noto‘g‘ri ishlash ko‘pincha kasallik belgisidir. Ko‘p hollarda ishtaha ochilishining sababi endokrin tizimning buzilishi, shu jumladan, qandli diabet va qalqonsimon bez patologiyasi. Haddan tashqari ishtahaning ochilib ketishi ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, miya saratoni va gipoglikemik sindrom tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Ba’zi dori-darmonlarni, shu jumladan, gormonal kontratseptivlar, gormonlar va insulin o‘z ichiga olgan dorilar, shu jumladan sintetik glyukokortikoidlarni qabul qilish ham ishtahaning oshishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz haqiqatan ham ishtahaning tushunarsiz o‘sishidan xavotirda bo‘lsangiz, biron bir chora ko‘rishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashib, ushbu obyektiv sabablarni va sog‘liq muammolarini bartaraf etish uchun tegishli tekshruvlardan o‘tish kerak.

Ishtahaning ochilishining psixologik sabablari

Agar doimo ochlik qiynasa, unda quyidagi psixologik muammolar paydo bo‘lishi mumkin:

  • surunkali depressiya va apatiya;
  • asabiy charchoq;
  • ortiqcha ish;
  • kuchli asab shoki;
  • doimiy stress.
Agar inson asabiy charchoq yoqasida ekanini his qilsa, uni ortiqcha ovqatlanish orqali qoplaydi va o‘zini nazorat qilish yoki mavjud qiyin vaziyatni hal qilish orqali psixogen ochlikni yengib chiqolmaydi. Shuning uchun ushbu vaziyatda psixoterapevtga murojaat qilish kerak. Semizlik va sog‘liq muammolari psixologik muammolarga qo‘shilishini kutmasdan mutaxassis ko‘rsatmasiga amal qilish lozim.

Ishtaha ochilishining boshqa sabablari

Afsuski, nazoratsiz ishtahaning aksariyat holatlari butunlay boshqa sabablar bilan izohlanadi va bu sabablar insonning sog‘lig‘iga e’tibor bermaslik bilan bog‘liq.

Bunday hollarda ishtaha ochilishi quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin:

  • noto‘g‘ri ovqatlanish;
  • organizmning suvsizlanishi;
  • uyqu yetishmasligi;
  • haddan tashqari ko‘p jismoniy faoliyat.
Ba’zi odamlar shunchaki ko‘p ovqatlanishga o‘rganib qolgan va organizm ham bunga ko‘nikib qoladi, shuning uchun iste’mol qilinadigan kaloriyalarning ozgina kamayishi ham haqiqiy stressga aylanadi. Noto‘g‘ri ovqatlanish odatlari va oshqozonning kengayishi ba’zi ayollarda ishtaha oshishiga sabab bo‘ladi.

Agar tez-tez gazak iste’mol qilinsa va asosiy ovqatni kechgacha qoldirilsa, kun bo‘yi ochlik hissi paydo bo‘ladi, tunda esa ishtaha kuchayadi, televizor qarshisida o‘tirganingizda ovqatning hazm bo‘lishi yomonlashadi.

Shirinliklar — bulochka va shokoladlarga bo‘lgan ishtiyoq, garchi ular to‘qlik hissini bersa ham, uzoq vaqt emas, chunki ular uglevodlar tufayli tez hazm bo‘lishga hissa qo‘shadi. Ishtahani kamaytirish uchun kletchatkaga boy, qayta ishlanmagan ovqatlarni iste’mol qilish natijasida ochlik va ishtaha uzoq vaqt davomida bezovta qilmaydi.

Bundan tashqari, ko‘proq suv ichish kerak — ba’zida suvsizlanish ovqatlanish istagi bilan aralashib ketadi. To‘g‘ri ovqatlanish va turmush tarziga rioya qilish, jismoniy faoliyatni kundalik ishga qo‘shish, o‘z vaqtida yotib, yetarlicha uxlash barcha muammoni bartaraf etishga yordam beradi.

Tez vazn yo‘qotish uchun ekspress parhezlardan foydalanmaslik lozim. Bu bilan gormonal yetishmovchilik qo‘zg‘aladi va natijada ishtaha kuchayadi. Homiladorlik paytida odatdagidan ko‘proq vaznga ega bo‘lish tabiiy holat, tug‘ish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaslik uchun ishtahani nazorat qilish kerak. Ammo och qolmaslik va homilani muhim oziq moddalardan mahrum qilmaslik uchun foydali mahsulotlarni iste’mol qilish lozim, ular vitaminlar va minerallarga boy bo‘lishi muhim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.