Salomatlik Salomatlik Inson kechasi uxlamasa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Inson kechasi uxlamasa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 372


Inson kechasi uxlamasa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Bugungi kunda uyquni qurbon qilish mumkin bo‘lgan juda ko‘p tadbirlar mavjud — ziyofat, restoranda kechki ovqat, tungi parvozlar, kech ishlash, teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish. Lekin bu uyqu beradigan foydaning o‘rnini bosa oladimi?Marie Claire nashri maslahatchi psixolog, murabbiy, seminar va trening rahbari Anastasiya Ayvazova bilan birgalikda sog‘lom uyquning ahamiyati va tunni bedor o‘tkazish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz berishini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Uyqu paytida qanday jarayonlar sodir bo‘ladi?

Ish jadvali tufayli qanday qilib uxlash, uxlash jarayoniga yetarlicha e’tibor berish, unga tayyorgarlik ko‘rishga deyarli ahamiyat berilmaydi. Tabiat hamma narsani juda aniq rejalashtirgan va inson bioritmlari bilan sinxronlashtirgan. Bularning barchasi uyqu organizmning tiklanish vaqti bo‘lganligi sababli sodir bo‘ladi. Keling, faktlarni ko‘rib chiqaylik, shundan so‘ng tegishli xulosalar chiqarib, to‘g‘ri qaror qabul qilish mumkin bo‘ladi:

19:00 dan keyin insulin oshqozon osti bezi tomonidan ikki soat ichida ishlab chiqarilishi kerak. Ovqatlanayotganda insulin hujayralarga qon oqimiga kirgan shakarni ishlatishi mumkin. Uyqu va parhezning buzilishi tufayli hujayralar insulin signallariga nisbatan sezgir bo‘lib qoladi: qonda shakar mavjud bo‘lsa-da, ammo hujayralar undan samarali foydalana olmaydi. Eng yomon holatda ikkinchi toifa qandli diabet rivojlanishi mumkin.

21:00 dan boshlab insulin ishlab chiqarish to‘xtashi kerak va oshqozon osti bezi bu faoliyatni to‘xtatadi. Shu paytdan boshlab bez epifizga o‘tishi kerak. U o‘sish gormoni faollashtiruvchisi bo‘lgan melatonin ishlab chiqarishni boshlaydi.

23:00 dan boshlab endokrin tizimning faol gormonal faoliyati boshlanadi. Soat 00:00 dan bemalol ishlashi uchun esa sevimli yostiqni quchoqlab olish tavsiya etiladi.

Agar tunda uxlamasa, nima bo‘ladi?

Biologik ritmlar buzilganda(masalan, 02:00/03:00 da yotish va h.k.)tizim buziladi va organizm savollar beradi: “Nega bugun uxlab, bugun uyg‘onaman?Mening qonuniy tiklanish vaqtim qayerda?”

  • Uyqu yetishmasligi tufayli melatoninning muntazam ishlab chiqarilishi to‘xtaydi, bu esa depressiya va uyqusizlikka olib keladi;
  • Melatonin yetishmasligidan gipertoniya paydo bo‘ladi, ya’ni qon bosimi ko‘tariladi;
  • Qon tomirlari va yurak bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Insult yoki yurak xuruji xavfini oshadi;
  • Buyrak usti bezlari ishini kuchaytirishi natijasida stress gormoni — kortizol darajasini oshirish mumkin. Miya hujayralari sekinroq yangilanadi;
  • Qandli diabet kabi kasallik ehtimoli ortadi;
  • Uyquning yetishmasligi immunitetning buzilishiga olib keladi, chunki qondagi antitanachalar sekin va past konsentratsiyalarda paydo bo‘ladi. Shu jumladan uyqusiz tunlar o‘smalarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan immunitet hujayralarining funksiyalariga salbiy ta’sir qiladi;
  • Metabolizm buziladi. Shuning uchun muntazam uyqusizlikka duchor bo‘lgan odamlar semirishga ko‘proq moyil bo‘ladi.
Rejimni qanday tuzatish kerak?

Uyqu vaqtida, organizmda insonni baxtli, sog‘lom, go‘zal qiladigan minglab hayotiy jarayonlar sodir bo‘ladi. Qulay qoidalarga rioya qilish va muammolarga duch kelmaslik unchalik qiyin emas. Buning uchun shunchaki kerak bo‘ladi:

  • Yotishdan kamida 4-5 soat oldin foydali ovqat iste’mol qilish;
  • 00:00 dan avval uxlashga yotish;
  • Uxlashdan oldin yoqimli fikrlar va juda sokin muhitda bo‘lish.
Odatga aylangan muntazam harakatlar aqliy va jismoniy dam olishga foydali ta’sir ko‘rsatadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.