Tarkibida shakar miqdori kam bo‘lgan 7 ta mahsulot
Ratsiondan o‘rin olgan shakarga boy mahsulotlar har qanday insonda eng ko‘p uchraydigan muammolaridan biridir. Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish muammoga yechim bo‘lishi mumkin?Marie Claire nashri tarkibida shakar miqdori kam bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishtirdi.
Foto: Marie ClaireRatsiondagi uglevodlar miqdorini cheklash istagi kuchli bo‘lsa ham, ko‘plab turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarilishi tufayli bunga erishish deyarli imkonsiz bo‘lishi mumkin. Shakar deyarli har bir mahsulotda mavjud: yogurt, tvorog, sharbatlar, kolbasa, sosiska va boshqa yarim tayyor mahsulotlar.
Hech kimga sir emaski, shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish har qanday odamning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi va u turli organlarga ta’sir qiladi. Xom ashyoning(qand qamishi, qand lavlagi)o‘simlikdan kelib chiqishiga qaramay, tozalangan shakar turli yo‘llar bilan olinishi mumkin bo‘lgan sof kimyoviy moddadir.
Ommabop e’tiqoddan farqli o‘laroq, miyani umuman oziqlantiradigan shakar emas, balki oddiy, tanish mahsulotlarda mavjud bo‘lgan glyukozadir. Bularga yangi, quritilgan mevalar, uglevodlarga boy donlar, sabzavotlar kabi foydali mahsulotlar kiradi.
Baliq
Baliq foydali oziq moddalar, jumladan omega-3 yog‘ kislotalari, D vitamini, shuningdek, selen, fosfor, kalsiy va boshqa minerallarga boy.
Yong‘oq
Yong‘oq omega-3 manbai bo‘lishidan tashqari, A, B, C, D va E vitaminlari, kaliy, magniy, temir, fosforga ham boy.
Sabzavotlar
Sabzavotlar to‘qlik hissi va oziq-ovqat hajmini beruvchi kletchatkaning ajralmas manbai bo‘lib, ortiqcha ovqatlanish va vazndan saqlaydi. Uar orqali kletchatkani muntazam iste’mol qilish qondagi shakar va xolesterinning yetarli darajasini ta’minlaydi, organizmni tozalaydi. Bundan tashqari, kletchatkalar oshqozon-ichak traktining normal ishlashiga yordam beradi va yaxshi immunitet bilan ta’minlaydi.
Dukkakli mahsulotlar
Dukkakli mahsulotlar nafaqat kletchatka, balki to‘g‘ri ovqatlanish va to‘qlik hissi bilan ta’minlaydigan oqsilga ham boy. Dukkaklilarni iste’mol qilish ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va oqsil hamda foliy kislotasining ajoyib manbai hisoblanadi.
Yormalar
Ular tarkibida vitamin va elementlarning yuqori konsentratsiyasi tufayli foydali hisoblanadi. Ammo yorma iste’molidan keyin ovqat hazm qilishda qiyinchilik, oshqozon-ichak traktida noxush alomatlar, shuningdek, charchoq, zaiflik hissi paydo bo‘lsa, bu har doim sodir bo‘ladimi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilish lozim. Agar ushbu mahsulotga allergiya mavjud bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Sutli mahsulotlar
Faqat shakarsiz sut mahsulotlari B vitaminlari, kalsiy, kaliy, rux, xrom va ovqat hazm qilish va butun organga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa elementlarni o‘z ichiga oladi. Sutdan farqli o‘laroq, laktoza organizm tomonidan oson so‘riladigan sut kislotasiga aylanadi, shuning uchun fermentlangan sut mahsulotlari barcha uchun tavsiya etiladi.
Qattiq pishloq
Qattiq ishtahani yaxshilabgina qolmay, yuqori oqsil miqdori tufayli hujayra va mushaklarning qurilishida ishtirok etadi. Shuningdek, immunitetni oshirishga yordam beradi.
Manba