Salomatlik Salomatlik Har kuni lavlagi iste’mol qilish uchun 9 ta sabab

Har kuni lavlagi iste’mol qilish uchun 9 ta sabab

O'qildi: 382


Har kuni lavlagi iste’mol qilish uchun 9 ta sabab

Lavlagining inson organizmi uchun foydalari haqida Wday nashri taqdim etgan ushbu maqolada tanishib chiqish mumkin.

Foto: Wday

Xom lavlagining qanday foydali tomonlari bor?

  • Past kaloriya tarkibiga ega bo‘lgan xom lavlagi ko‘p miqdorda kletchatkaga boy. Bu ich qotishining oldini oladi.
  • Lavlagi ichak mikroflorasini foydali moddalar bilan oziqlantiradi va disbakterioziga qarshi kurashishga yordam beradi.
  • Lavlagi jigarda yog‘ infiltratsiyasini kamaytiradigan moddalar tufayli yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan vazn kamaytirishga ham hissa qo‘shadi. Ammo bu vazn yo‘qotish uchun ko‘proq qo‘shimcha mahsulot sifatida xizmat qiladi.
  • Lavlagi temir va magniyga boy. Hozirgi vaqtda hamma ham kerakli miqdordagi temirni olish uchun yetarli darajada go‘sht iste’mol qilmaydi. Vegetarianlar esa umuman go‘sht yemaydi. Shuning uchun lavlagi yordamida ular temir moddasini olishi mumkin.  Magniy asab tizimining ishlashi, ateroskleroz va gipertoniyaning oldini olish uchun muhim element hisoblanadi.
  • Lavlagida qon aylanish sistemasining me’yorda ishlashi uchun ajralmas bo‘lgan foliy kislotasi mavjud. Bundan tashqari, foliy kislotasi homilador ayollar uchun zarurdir.
  • Xom lavlagi saraton hujayralariga qarshi kurashda eng kuchli moddalardan biri bo‘lgan betainni o‘z ichiga oladi.
  • Lavlagi past kaloriyali tarkibi bilan oshqozonda katta hajm beradi va to‘qlik hissini keltirib chiqaradi. Shu bilan ishtahani bo‘g‘adi, ovqatlanishni kamaytiradi.
  • U qon tomirlarini kengaytirishga va bosimni me’yorlashtirishga yordam beradigan antioksidantlarga boy.
  • Sportchilar uchun mushak massasini shakllantirishda mashqdan keyin lavlagi sharbati juda foydali.
Lavlagini qanday pishirish kerak?

Lavlagi pishirilganda u o‘zidagi bir qancha xususiyatlarini yo‘qotadi. Albatta, ko‘pchilik lavlagidan tayyorlangan salatlarni sevib iste’mol qiladi. Afsuski, yuqori harorat ta’sirida ba’zi foydali moddalar yo‘qoladi, lekin hammasi emas. Kletchatkalar saqlanib qoladi.

Lavlagi pishirishning eng yaxshi usullari qaynatish va bug‘da hamda dimlab pishirishdir. Shuningdek, lavlagidan sharbat ham tayyorlash mumkin. Ammo uni och qoringa ichmaslik kerak, chunki u oshqozonni bezovta qiladi.

Kimlarga lavlagi iste’moli tavsiya etilmaydi?

Lavlagi tarkibidagi shakar tezda qonga so‘riladi, natijada uning keskin ko‘tarilishi kuzatiladi. Shuning uchun qandli diabet bilan og‘riganlarga qaynatilgan lavlagi tavsiya etilmaydi.

Mavzuga doir:

  • Haftasiga kamida 4 kilo: vazn yo‘qotish uchun chia urug‘larini qanday qabul qilish kerak?
  • Shifokor pistaning 50 yoshdan oshgan odamlar uchun kutilmagan ta’sirini ma’lum qildi
  • Nima uchun bananni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi?
  • Qorag‘atning ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi rostmi? 


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.