Qalqonsimon bez uchun zararli bo‘lgan 6 ta mahsulot
Qalqonsimon bez organizmning juda muhim va ayni paytda o‘ta nozik organidir. Uning ishini ba’zan har qanday kichik narsa, jumladan, to‘yib ovqatlanmaslik ham buzishi mumkin. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, ulardan voz kechish kerak, ammo u yaxshi bo‘lganda ham ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. “Noviy ochag” nashri qalqonsimon bez faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
Foto: PinterestDengiz o‘tlari
Dengiz o‘tlari juda ko‘p miqdorda yodni o‘z ichiga oladi. Endokrinologlar qalqonsimon bez kasalliklarida iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan ro‘yxatga dengiz o‘tlari va yodga boy boshqa mahsulotlarni kiritadi. Garchi qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa ham ehtiyot bo‘lish kerak: yodga boy mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ushbu moddaning tabiiy muvozanatini buzishi mumkin.
Oddiy karam
Oq karam, brokkoli, gulkaram foydali va mazali sabzavotdir. Afsuski, undagi mavjud yod tabiiy muvozanatini buzishi va qalqonsimon bezning ushbu muhim moddani o‘zlashtirish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun karam iste’mol qilishda ham me’yorni unutmaslik lozim.
Soya
Qalqonsimon bez gormonlarini qabul qilish kerak bo‘lgan odamlar uni o‘z ichiga olgan soya mahsulotlaridan voz kechishi kerak: tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan keyin bir soat ichida gormonlarning so‘rilishi deyarli to‘xtaydi. Shunday qilib, qalqonsimon bez kasalliklarida soya mahsulotlari, shu jumladan sut va souslarni iste’mol qilish mumkin emas.
Glyuten
Glyutenli mahsulotlar ham qalqonsimon bez uchun zararli. Bir qator tadqiqotlar allaqachon qalqonsimon bez va Hashimoto kabi kasalligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. Xuddi shu tadqiqotlar glyutensiz ratsionga o‘tgan bemorlarning yaxshilanganligini tasdiqladi. Shifokorlar hali glyutensiz o‘z ichiga olgan mahsulotlardan butunlay voz kechishni tavsiya etmaydi, ammo ularning ratsiondagi ulushini biroz kamaytirish va organizmning reaksiyasini kuzatish kerak.
Baliqning ayrim turlari
Tunets, skumbriya, nayza baliqlari — bu baliq turlarining barchasi qalqonsimon bez uchun zararli. Gap shundaki, bu baliq tarkibida simobning yuqori miqdori mavjud bo‘lib, u kimyoviy tarkib bo‘yicha yodga o‘xshaydi va shuning uchun qalqonsimon bez tomonidan faol so‘riladi. Qolaversa uzoq vaqt davomida organizmda to‘planishi mumkin. Yuqori darajadagi simob nafaqat qalqonsimon bez gormonlarini yetarli darajada ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi, balki Hashimoto kabi kasallik rivojlanish xavfini oshiradi.
Shakar
Agar qalqonsimon bez kasalligi mavjud bo‘lsa, shakarli ovqatlar iste’mol qilmaslik kerak. Qoida tariqasida, qalqonsimon bez kasalliklari qandli diabet xavfini oshiradigan qo‘shimcha omil hisoblanadi.
Manba