Salomatlik Salomatlik Olimlar xotira mustahkamligi uchun 3 ta layfxakni sanab o‘tdi

Olimlar xotira mustahkamligi uchun 3 ta layfxakni sanab o‘tdi

O'qildi: 347


Olimlar xotira mustahkamligi uchun 3 ta layfxakni sanab o‘tdi

Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, Alsgeymer kasalligi rivojlanishi asosan irsiyat bilan bog‘liq. Biroq yangi tadqiqot genlar haqida bahslashish mumkinligini isbotladi, deb yozadi “Lisa.ru”.

Foto: “Lisa.ru”

Ayova universiteti(AQSH)olimlari ba’zi mahsulotlar keksa odamlarga uzoq yillar davomida ma’lumotni saqlash va Alsgeymer kasalligidan qochish imkonini berishini aniqladi.

Amerikalik neyrofiziologlar Buyuk Britaniya Biobankida saqlanadigan 46 yoshdan 77 yoshgacha bo‘lgan 1787 kishining ma’lumotlarini tahlil qildi(ma’lumotlar bazasida batafsil tibbiy va genetik ma’lumotlar mavjud). 10 yil davomida tadqiqot ishtirokchilari kognitiv qobiliyatlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi va ularning ovqatlanishi haqidagi savollarga javob berdi. Javoblarni tahlil qilish olimlarga uchta asosiy xulosa chiqarish imkonini yaratdi.

Miya uchun eng yaxshi mahsulot pishloq bo‘lib chiqdi. Uni muntazam ravishda iste’mol qiladigan odamlar demensiya va miya faoliyatidagi boshqa yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni boshdan kechirish ehtimoli kamroq.Haftada bir marta qo‘y go‘shti(lekin boshqa turdagi qizil go‘sht emas)ham yoshga bog‘liq kognitiv pasayish ehtimolini kamaytiradi.

Tuzni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish zararli, lekin birinchi navbatda irsiyatda muammosi yoki Alsgeymerning dastlabki belgilariga ega bo‘lganlar uchun. Kognitiv muammolar xavfini kamaytirish uchun ularga ratsionda tuz miqdorini diqqat bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

“Genetik omillarga qaramay, to‘g‘ri tanlangan oziq-ovqat Alsgeymer kasalligi va umuman kognitiv pasayishning oldini olishiga ishonamiz. Ehtimol, to‘g‘ri ovqatlanish biz izlayotgan yetishmayotgan bo‘g‘indir”, — deb ta’kidladi tadqiqotchilar.

Aytgancha, biror vazifaga diqqatni jamlash, tezda yechim topish, muvaffaqiyatli yodlash — bularning barchasi ma’lum moddalarsiz mumkin emas. Miyani qo‘llab-quvvatlamoqchimisiz?Xotira uchun eng yaxshi vitamin va minerallarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.