Gulkaramning ozuqaviy qiymati va uning asosiy afzalliklari
Gulkaramning mazali ta’mi va ajoyib ozuqaviy qiymati uni haqiqiy kerakli mahsulotga aylantirdi va butun dunyodagi yirik oziq-ovqat kompaniyalari va restoranlari unga alohida e’tibor qaratdi. Gulkaram sevib iste’mol qilinadigan ko‘plab mahsulotlar qatoriga kiradi, u uglevodlar orqali hazm jarayonini yengillashtiradi. “Noviy ochag” nashri ushbu mahsulotning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlarini taqdim etdi.
Foto: “Noviy ochag”Gulkaramning ozuqaviy qiymati
- kaloriya: 25 kkal;
- natriy: 30 mg;
- uglevodlar: 5 gramm;
- kletchatka: 2 gramm;
- shakar: 2 gramm;
- C vitamini: 100 foiz;
- kaliy: 8 foiz;
- kalsiy: 2 foiz;
- temir: 2 foiz.
Oddiy oq rangda bo‘lishiga qaramay, gulkaram vitaminlarga boy va turli xil fitokimyoviy hamda antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu ozuqaviy manba sog‘liq uchun foyda keltiradi, jumladan:
Yallig‘lanish xavfini kamaytiradi
Gulkaram tarkibidagi antioksidantlar hujayralarni surunkali kasalliklarga olib keladigan shikastlanish va oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, olib borilgan tadqiqotlarning birida gulkaram kabi sabzavotlarni iste’mol qilish va bir qator surunkali kasalliklarni rivojlanish xavfi o‘rtasidagi teskari munosabat isbotlandi.
Saraton xavfini kamaytiradi
Hech qanday mahsulot o‘simtaning oldini olish yoki o‘sishi bilan bog‘lanmagan bo‘lsa-da, gulkaram tarkibida hujayralarning anormal rivojlanishini to‘xtatishga yordam beradigan sulforafan deb ataladigan birikma mavjud. Biroq, bu kabi sabzavotlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish barcha turdagi surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin.
Qon bosimini tartibga solishga yordam beradi
Bir tadqiqotda gulkaramda mavjud bo‘lgan sulforafan birikmasi ham qon bosimini pasaytirish bilan bog‘liqligi aniqlandi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, karamdoshlar oilasiga mansub sabzavotlar yurak kasalliklarining oldini olishda katta rol o‘ynaydi.
Suyakni himoya qiladi
Gulkaram suyak mineral zichligi va qon ivishi uchun zarur bo‘lgan K vitaminiga boy.
Immunitetni oshiradi
Bir porsiya gulkaramda C vitaminining kunlik qiymatining 100 foizi mavjud bo‘lib, u immunitetni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi va organizmdagi DNKni tiklashda alohida rol o‘ynaydi. C vitamini infeksiyadan himoya qiladi va hatto kasalliklarga qarshi kurashish uchun antitolalarning shakllanishini rag‘batlantiradi.
Gulkaram vazn kamaytirishga yordam beradimi?
Gulkaramning kaloriya miqdori pastligi hisobga olinsa, bu vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib tanlovdir. Gulkaramni tanlab, kaloriya va uglevodlarni iste’mol qilishni sezilarli darajada kamaytirish mumkin, shu bilan birga unda organizmni to‘q saqlashga yordam beradigan qo‘shimcha kletchatkani ham mavjud. Bundan tashqari, gulkaramning 90 foizidan ortig‘i suvdan iborat.
Gulkaram uglevodlarga boymi?
Gulkaram barcha sabzavotlar kabi uglevoddir. Biroq bu kraxmalli bo‘lmagan murakkab nav bo‘lib, tarkibida yuqori kletchatka va shakar kam miqdorda mavjud. Gulkaram bir piyola pishirilgan makaron yoki guruch bilan bir xil miqdorda uglevodlarning oltidan bir qismini o‘z ichiga oladi, shuning uchun diabetga chalinganlar yoki qondagi qand miqdorini kuzatadiganlar uchun ajoyib tanlovdir.
Oq rangli mahsulotlar zararlimi?
Oq non, oq guruch va oq makaron kabi yuqori darajada qayta ishlangan uglevodlar boshqa muqobillarga qaraganda kamroq ozuqaviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Ammo gulkaramning ozuqaviy moddalari antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Gulkaramni qanday pishirish kerak?
Gulkaram pishirishning ko‘p usullari barcha foydali moddalarni saqlaydi. Faqatgina ularning tarkibini biroz pasaytiradi. Gulkaramni kunlik ratsionga kiritish uchun ushbu muqobillarni ham sinab ko‘rish mumkin:
Pitssa
Xamirni tayyorlash uchun gulkaramdan foydalanish yoki tayyor pitssa xamirini sotib olish mumkin. Agar siz oldindan tayyorlangan pitssa sotib olishga qaror qilsangiz, mahsulotlar ro‘yxati va ozuqaviy ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish kerak. Chunki ko‘plab ishlab chiqaruvchilar uni yanada mazali qilish uchun pishloq qo‘shib, yog‘ miqdorini oshiradi.
Kartoshkali pyure
Gulkaram, yogurt yoki kam yog‘li qaymoq pishloq bilan aralashtiriladi. Biroz sarimsoq va piyoz kukuni, shuningdek tuz va qalampir qo‘shiladi. Bu yegulik foydali bo‘lishi bilan birga, uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi.
Smuzi
Ismaloq yoki karamli ba’zi sabzavotlardan tayyorlanadigan smuzi yashil rangda bo‘ladi. Oddiy smuzi tarkibidagi sabzavotlarni bir nechta gulkaram bilan almashtirish mumkin. Gulkaramning ta’mi juda mazali va oq rangda bo‘lgani sababli u har qanday smuzi uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.
Manba