Chiroyli qomatning asosiy dushmanlari: yozgi salqin ichimliklarda qancha shakar va kaloriya mavjud?
Yozning jazirama issig‘i salqin gazlangan ichimliklar, tetiklantiruvchi muzli qahva va sharbatlarni ko‘proq ichishga majbur qiladi. Ammo bunday ichimliklar tarkibida qancha kaloriya, shakar mavjudligi va vazn ortishiga sabab bo‘lishini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmaydi, deb yozadi The Voice Mag.
Foto: The Voice Mag“Suyuq kaloriyalar” kilogramm ortishi nuqtai nazaridan eng xavfli mahsulot toifasiga kiradi. Hatto shirinlik va fastfudlar ham iste’mol qilingandan keyin garchi kaloriya miqdori oshib ketsa-da, to‘qlik hissini beradi.
Ammo shirali ichimliklar arzimas mahsulot bilan birgalikda vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Ularning hatto o‘zi ichilganda ham organizmga hech qanday foyda bermaydi. Shu bilan birga, foydali mahsulotlardan olinishi mumkin bo‘lgan kaloriya va uglevodlarning bir qismini yo‘qqa chiqaradi.
Gazli ichimliklar
Kola, sitro, mevali gazli ichimliklar antireytingining yetakchilari hisoblanadi. 100 ml gazlangan ichimlikda kamida 35 kaloriya va 10 gramm shakar mavjud. Albatta, buni boshqa toifadagi ichimliklar bilan solishtirish mumkin. Ammo to‘yib-to‘yib, ovqatlanmasdan ichish mumkin bo‘lgan gazli ichimliklarni faqat bir-ikki stakandan keyin to‘xtatish kerak.
Agar shakarli gazlangan ichimliklar ichish istagi tinch qo‘ymasa, shakar o‘rnini bosuvchi variantlarni tanlash mumkin. Ammo ularga ham o‘rganib qolmaslik kerak: bir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday qo‘shimchalar ichaklarning faoliyatiga ta’sir qiladi va terida yallig‘lanish paydo bo‘lishiga yordam beradi. Shuning uchun gazlangan suvni faqat maxsus vaqtlarda ichish tavsiya etiladi.
Sharbat
Meva sharbatlari, hatto shakar qo‘shilmasa ham, yetarli miqdorda uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, 100 ml sharbatda taxminan 45-55 kaloriya va 10-13 gramm shakar mavjud.
Ko‘rib turganingizdek, sharbatda, tabiiy bo‘lsa-da, gazli ichimlikdan kam shakar yo‘q. Shuning uchun sabzavot sharbatlarini tanlash yoki butun mevalarni iste’mol qilgan yaxshiroq.
Qahvali ichimliklar
Tabiiy qahva tarkibida shakar mavjud emas. Ammo kim uni qaymoq, sirop va shakarsiz ichishni yaxshi ko‘radi?
Albatta, har qanday kokteylda qo‘shimcha va o‘simlik suti mavjud bo‘ladi. Shunday ekan, ba’zi qahva asosli ichimliklar kaloriyaga boy bo‘lishi ajablanarli emas!
Bitta kichik porsiya latte, kapuchino yoki raf qahvasida kamida 18 gramm shakar bo‘lishi mumkin. G‘arb tashkilotlarining shakar iste’molini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlariga ko‘ra, ayrim qahvali ichimliklar 70-80 grammgacha shakarni o‘z ichiga olishi mumkin. Kunlik me’yor esa 50 grammni tashkil etadi.
Yaxna choy
Har 100 ml shisha choyda kamida 8 gramm shakar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, bir shisha ichimlik shakarning kunlik iste’molini deyarli qoplashi mumkin!
Albatta, bir necha yil oldin, eng yirik muzli choy ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlaridagi shakar miqdorini 4,5 grammgacha kamaytirdi. Bunday choy ichish istiqboli, albatta, vazn uchun ancha xavfsizroq ko‘rinadi. Shunga qaramay, salqin mineral suv yoki sovitilgan shakarsiz hamda mevasiz uy choyini ichish tavsiya qilinadi.
Manba