Salomatlik Salomatlik Har kuni tarvuz iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Har kuni tarvuz iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 329


Har kuni tarvuz iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Ko‘pchilik mazali tarvuzlar oldidan shunchaki o‘tib keta olmaydi. Ushbu poliz ekini yozgi ratsionga juda mos keladi — u oz miqdordagi kaloriyani o‘z ichiga oladi va ochlik hamda chanqoqni yengillashtiradi. Shuningdek, tarvuz iste’moli shakari ko‘p bo‘lgan zararli mahsulotlardan voz kechishga yordam beradi. Grazia nashri har kuni tarvuz iste’mol qilinsa, buning organizmga qanday ta’sir qilishi haqida so‘z yuritdi.

Foto: Grazia

Suvsizlanishning oldini oladi

Yozda odatdagidan ko‘proq suv ichish kerak, chunki issiqda suyuqlik ter bilan organizmdan faol ravishda chiqariladi. Agar oddiy suvning ta’mi yoqmasa, tarvuzni tez-tez iste’mol qilish mumkin. Tarvuzning 90-95 foizi suvdan iborat, shuning uchun u chanqoqni samarali qondiradi.

Qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kamayadi

100 gramm tarvuzda taxminan 120 mg kaliy mavjud bo‘lib, bu natriyning qon bosimiga ta’sirini kamaytiradi, shu bilan uni me’yorga keltiradi. Qolaversa, asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu poliz ekini dori-darmonlarning o‘rnini bosishga qodir emas, ammo salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi.

Vazn kamaytirishga yordam beradi

100 gramm tarvuzda atigi 30 kaloriya bor. Agar u gazak sifatida iste’mol qilinsa yoki shirinliklar bilan almashtirilsa, iste’mol qilinadigan kaloriyalarni kamaytirish va bu tufayli vazn yo‘qotishga erishish mumkin.

Hazm qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi

Agar tarvuz ko‘p iste’mol qilinsa, qorin bo‘shlig‘ida noqulaylik, shish, gaz va diareya paydo bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, u qisqa zanjirli uglevodlarni o‘z ichiga oladi, ular ingichka ichakda asta-sekin so‘riladi.

Qonda shakar miqdori oshishi mumkin

Tarvuzni keragidan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. U ko‘p miqdorda fruktozani o‘z ichiga oladi, shuning uchun qonda shakar darajasini oshirishi mumkin. Qandli diabetga moyil bo‘lgan odamlar ratsionini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak.

To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish yaxshidir. Sog‘liqqa zarar bermaslik uchun kuniga 300 grammdan ko‘p bo‘lmagan tarvuz iste’mol qilish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.