Uxlashdan oldin iste‘mol qilmaslik kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
Kofe xotirjam uyquni qochiradigan ichimlik ekanini hamma biladi. Quyidagi ro‘yxatda uyqusizlikka olib keladigan boshqa mahsulotlar ham bor.
Mol go‘shti
Foto: “Lisa.ru”Mol go‘shti to‘yimli mahsulot, lekin uni hazm qilish uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Go‘shtli ovqatlarni yotishdan 4 soat oldin iste’mol qilish kerak. Bundan tashqari, qizil go‘sht kortizol(stress gormoni)ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Kechqurun qorningiz ochsa, butun donli non va kurka go‘shtli buterbrod eng yaxshi tanlovdir. Murakkab uglevodlar va parranda go‘shtining kombinatsiyasi serotonin(baxt gormoni)ishlab chiqarishga yordam beradi.
Loviya
Dukkaklilar ko‘pincha jig‘ildon qaynashi, qorinni shishishi, gaz hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday paytda ovqat hazm qilish muammolari uxlashga yordam bermaydi. Loviya o‘rniga no‘xat bilan tovuq go‘shti yegan ma’qul, bu mahsulotlar ochlikni mukammal darajada qondiradi.
Qattiq pishloq
Foto: “Lisa.ru”Gouda, edam, tilziter, maasdam kabi fermentlangan pishloqlar tiramin aminokislotasini o‘z ichiga oladi va organizmni tetiklashtiradi. Ularni ertalab yoki uyquga ketishdan 3-4 soat oldin iste’mol qilgan ma’qul.
Achchiq shokolad
Ko‘p miqdorda kakao bo‘lgan shokolad kofein va teobromin manbai bo‘lib, yurak urishini tezlashtiradi, organizmni uyqudan mahrum qiladi. Parhezshunoslar uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun soat 16 dan keyin shirinlik iste’mol qilishni tavsiya etmaydi. Eng yaxshi tanlov: bir stakan olcha sharbati yoki yong‘oq. Ikkala mahsulot ham uyqu gormoni bo‘lgan melatoninni o‘z ichiga oladi.
Yangi sabzavotlar
Foto: “Lisa.ru”Yangi sabzavotlar yuqori kletchatkali tarkibi tufayli ovqatlanish oralig‘ida sog‘lom mahsulot sifatida tavsiya etiladi. Ammo yotishdan oldin yeyilgan yengil salat sizni uzoq vaqt uyqudan qoldirishi mumkin. Pomidor ayniqsa xavfli, u miyada norepinefrin ishlab chiqarishga olib keladi, bu esa miya faoliyatini oshiradi. Agar qorningiz ochsa, bananni tanlang. U melatonin va magniyni o‘z ichiga oladi, bu ikkala element ham yaxshi uxlashga yordam beradi.
Manba