Yoz faslida iloji boricha ko‘proq golubika iste’mol qilish uchun 7 ta sabab

Yoz faslida iloji boricha ko‘proq golubika iste’mol qilish uchun 7 ta sabab



Golubika — barcha mevalar orasida antioksidant bo‘yicha chempion hisoblanadi. “Noviy ochag” nashri ushbu mevaning yana bir qancha foydalari bilan tanishtirdi.

Foto: “Noviy ochag”

Antotsian — golubikalarga rang beradigan antioksidant bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi kurashish va hujayralarni himoya qilish uchun kuchli xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, tabiiy shirin ta’mga ega mahsulot ba’zi boshqa shirinliklarga qaraganda deyarli kaloriyalarni o‘z ichiga olmaydi. Biroq iste’mol qiladigan har bir narsaga golubika qo‘shishning boshqa ko‘plab sabablari bor.

1 stakan golubikaning ozuqaviy qiymati:

  • kaloriya tarkibi: 85 kkal
  • yog‘lar: 0,5 gramm
  • uglevodlar: 21 gramm
  • kletchatka: 3,6 gramm
  • shakar: 15 gramm
  • oqsil: 1,1 gramm
  • kaliy: 114 mg
  • C vitamini: kunlik me’yorning 24 foizi
  • B6 vitamini: kunlik me’yorning 5 foizi
Golubikaning sog‘liq uchun foydalari

Golubikalar nafaqat muhim ozuqaviy C vitaminiga boy, balki u turli yo‘llar bilan organizmga quvvat berishi ham mumkin.

Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi

Mevalarda mavjud bo‘lgan antioksidantlar yallig‘lanishni va erkin radikallarga qarshi kurash orqali bir qator kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin.

Miya salomatligini yaxshilaydi

Golubikalardagi flavonoidlar qon aylanishini yaxshilash va miya hujayralarini shikastlanishdan himoya qilish orqali kognitiv pasayish va demensiya xavfini kamaytiradi.

Yurakni himoya qiladi

Ba’zi tadqiqotlar golubika iste’mol qilishni qon bosimini pasaytirish bilan bog‘laydi. Golubika qon tomirlariga yordam beradigan polifenolik birikmalarga boy bo‘lganligi sababli ular yurakni himoya qiluvchi mahsulot hisoblanadi.

Antioksidantlarga boy ko‘plab mahsulotlar superfud deb ataladi, ammo bu hali aniqlanmagan. Biroq ushbu meva juda ko‘p antioksidantlarni o‘z ichiga oladi va sevib iste’mol qilinadi.

Muzlatilgan golubika foydalimi?

Ushbu rezavorlar mavsumdan qat’i nazar, har qanday gazakni ajoyib darajada shirin, to‘yimli va foydali qiladi. Odatda sog‘liq uchun foydasini maksimal darajada oshirish va mazasini saqlab qolishi uchun golubika muzlatilib qo‘yadi.

Golubika vazn tashlashga yordam beradimi?

Har qanday oziq-ovqat iste’molidan vazn ortishi mumkin, agar u juda ko‘p iste’mol qilinsa, lekin golubika haqida gap ketganda, buning aksi yuz beradi. Bir stakan golubika atigi 80 kaloriya va 9 grammgacha kletchatkani o‘z ichiga oladi, minimal kaloriya bilan maksimal lazzatdan tashkil topgan bunday kombinatsiya uzoq vaqt to‘qlik hissi bilan ta’minlaydi.

Golubika energiyani oshiradimi?

Mevalardagi eriydigan va erimaydigan kletchatkalarning kombinatsiyasi oshqozon-ichak traktida ovqat hazm qilish tezligini sekinlashtirishi mumkin, bu esa qonda shakarning bir tekis oqishini, barqaror va uzoq davom etadigan energiya kuchayishiga yordam beradi. Ushbu xususiyat tufayli golubika qandli diabet yoki qonda shakar darajasini kuzatadigan boshqa odamlar uchun juda foydali.

Golubikani qanday iste’mol qilish kerak?

Ratsionga qanday shakldagi golubikani qo‘shish mumkin. Undan salatlar, muzlatilgan holatda ichimliklar tayyorlash tavsiya etiladi. Uy sharoitida golubikadan smuzi, quymoq va shirinliklar pishirishda foydalanish salomatlik uchun foydalidir.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.