Salomatlik Salomatlik Yoz faslida rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 ta kasallik

Yoz faslida rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 ta kasallik

O'qildi: 342


Yoz faslida rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8 ta kasallik

Aslida yilning istalgan vaqtida kasal bo‘lish yoqimsiz, lekin yoz faslidagisi ikki karra qiyinroq: atrofdagi hamma issiq quyoshli kunlardan zavqlanadi. Lekin bemor uyda yotib, dori vositalarini ichishi kerak. Shuning uchun, ayniqsa, issiq mavsumda faollashadigan kasalliklar haqida bilish va o‘z vaqtida profilaktika choralarini ko‘rish juda muhimdir, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Marie Claire

Gripp va O‘RVI

Yozda virusli infeksiyani yuqtirish qish fasliga qaraganda 25 foizga osonroq, ammo shuni yodda tutish kerakki, yozgi viruslar O‘RVIning odatiy belgilaridan tashqari, qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishiga ham sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa turdagi mikroblar tomonidan chaqiriladi. Ushbu viruslarga kamroq moyil bo‘lish uchun jismoniy mashg‘ulotlar bilan faol shug‘ullanish kerak va, albatta, odatiy profilaktika choralarini unutmaslik lozim.

Tungi tomir tortishishlar

Agar bezovta oyoq sindromi kuzatilsa, yozda bu muammoni ikki baravar tezroq hal qilish kerak bo‘ladi. Gap shundaki, issiq havoda nervlar qo‘shimcha stressni boshdan kechiradi va tomirlar bilan reaksiyaga kirishishi mumkin. Ko‘proq suyuqlik ichishga harakat qilish, shuningdek, yotishdan oldin oyoqlarni namlab, sovutish kerak, agar bu yordam bermasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Rosatseya

Jiddiy qizarish va toshma bilan ifodalangan terining yallig‘lanishi issiq havoda ham kuzatiladi. Bu holat  tez-tez va uzoq davom etishi mumkin. Shifokorlar terini tinchlantirish va sovutish uchun aloe sharbatidan foydalanishni maslahat beradi.

Autoimmun kasalliklar

Skleroz, volchanka va boshqa autoimmun kasalliklar yozda ko‘proq rivojlanadi. Quyosh, ultrabinafsha nurlar, yuqori harorat — bularning barchasi simptomlarning kuchayishiga olib keladi.

Ekzema

Ter, hovuz xlori, quyoshdan himoyalovchi krem, sho‘r suv terining qizarish xususiyati va simptomlarni yomonlashtirishi mumkin. Ularning qaysi biri kasallikning kuchayishiga olib kelishini aniqlashga harakat qilish va iloji bo‘lsa, ulardan qochish tavsiya etiladi.

Buyraklardagi toshlar

Atrof-muhit harorati qanchalik baland bo‘lsa, buyrakda tosh paydo bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi — bu Texas universiteti tadqiqotchilarining fikridir. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yozda organizm namlikni tezroq va ko‘proq yo‘qotadi va buyraklarda stress kuchayadi. Shuning uchun yozda ko‘p suyuqlik ichish va suvsizlanish belgilarini sezsangiz, o‘z vaqtida chora ko‘rish salomatlik uchun juda muhimdir.

Astma

Chang, tutun, o‘simlik gulchanglari — shahardagi yoz havosi qishki havoga qaraganda ancha yomonlashadi va astma bilan og‘rigan odamlar uchun bu qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun dori-darmonni doimo yoningizda saqlang, shuningdek, uzoq vaqt davomida yomg‘ir yog‘magan bo‘lsa, ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling.

Migren

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, havo haroratining har besh daraja ko‘tarilishi uchun migren ehtimoli ikki barobar ortadi. Issiqlik bu kasallikning kuchayishiga olib keladigan eng keng tarqalgan qo‘zg‘atuvchilardan biri hisoblanadi. Xavfni kamaytirish uchun ko‘proq suv ichish va tashqariga chiqayotganda shlyapa kiyishga odatlanish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.