Pomidorning ko‘pchilikka noma’lum 7 ta foydali xususiyati

Pomidorning ko‘pchilikka noma’lum 7 ta foydali xususiyati



Barcha sevib iste’mol qiladigan qizil sabzavot aslida eng to‘yimli manbalardan biridir. “Noviy ochag” nashri pomidorning sog‘liq uchun bir qancha foydali tomonlari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

“Pomidor har bir inson odatdagidek qabul qiladigan oziq-ovqatlardan biridir, — deydi fan doktori, nutritsiolog hamda 15 ta kitob muallifi  Jonni Bouden. — Ammo ularni meva va sabzavotlarni yomon ko‘radiganlar ham tanovul qiladi”.

Pomidor iste’mol qilishning foydalari

“Pomidorlar juda to‘yimli bo‘lsa-da, pishirilgandan keyin yanada to‘yimliroq bo‘ladigan mahsulotlardan biridir. Ularni tayyorlash paytida, aslida, likopen chiqariladi”, — deydi Bouden. Darhaqiqat, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 100 mg xom pomidor tarkibida 2,573 mkg likopen, 100 mg pomidor sousida esa 15,152 mkg mavjud.

Pomidorning sog‘liq uchun foydali xususiyatlari

Pomidor yurak salomatligini yaxshilashi mumkin

“Pomidordagi ozuqa moddalari haqida gap ketganda, birinchi navbatda pomidorga chiroyli qizil rang beradigan tabiiy antioksidant bo‘lgan likopenni inobatga olish kerak”, — deydi Bouden.

Tadqiqotlar natijasida aniq bo‘ldiki, likopen yurak-qon tomir tizimiga bir necha jihatdan ta’sir qiladi. Boshqa narsalar qatorida, u qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi, aterosklerozning oldini oladi, yomon xolesterin(past zichlikdagi lipoproteinlar)va yog‘lar darajasini pasaytiradi, yuqori zichlikdagi lipoprotein zarralari sintezini rag‘batlantiradi.

Pomidor saraton xavfini kamaytirishi mumkin

“Likopen 2002-yilgi mashhur pitssa tadqiqotida katta e’tiborni tortdi, — deydi mutaxassis. — Tadqiqotchilar haftasiga ikki yoki undan ko‘p marta pitssa iste’mol qilgan erkaklarda prostata saratoni bilan kasallanish xavfi 23 foizga kamayganini aniqladi, bu butun dunyo bo‘ylab e’tibordan chetda qolmadi. Olimlarning fikricha, bu ta’sir pomidor sousidagi likopen tufayli yuzaga kelgan”.

O‘shandan keyin pomidorni iste’mol qilish bilan tuxumdon, oshqozon, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatadigan boshqa tadqiqotlar paydo bo‘ldi.

Pomidorlar vitamin yetishmasligini to‘ldirishi mumkin

“Pomidor C vitamini va kaliyning ajoyib manbai bo‘lib, ko‘pchilik unga muhtoj, — deydi Bouden. — Qiziqarli fakt: pomidor pyuresida har bir grammida yangi pomidorga qaraganda ko‘proq kaliy, tomat pastasida esa pyurega qaraganda ikki baravar k‘p kaliy bor!Biroq, pomidor odatda yuqori kaliyli mahsulot hisoblanadi. Taqqoslash uchun, o‘rtacha pomidorda 292 mg kaliy bor, o‘rtacha bananda esa 422 mg”.

Pomidor qandli diabetning ta’sirini kamaytirishi mumkin

Agar sizda qandli diabet bo‘lsa, sabzavot va mevalarni ratsionga kiritish  oqilona qarordir. Biroq, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidor aslida diabet keltirib chiqaradigan oksidlovchi stressni, yallig‘lanishni, aterosklerozni va to‘qimalarning shikastlanishini kamaytiradi.

Pomidor iste’mol qilingan zahoti qonda shakarni pasaytirmaydi, ammo uzoq muddatli himoya xususiyatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Pomidorlar ichaklarni yaxshilash ta’siriga ega

Ko‘pgina mahsulotlar singari, pomidor ham kletchatkaning ajoyib manbai hisoblanadi. Bitta o‘rtacha pomidorda 1,5 gramm kletchatka mavjud.

Kletchatka mahsulotning ovqat hazm qilish tizimi orqali harakatlanishiga yordam beradi, shuning uchun ichaklar faoliyati yaxshilanadi. Bundan tashqari, pomidor iste’molidan keyin uzoq vaqt to‘qlik hissi tark etmaydi, bu esa boshqa ovqatlardan, masalan, tozalangan uglevodlardan farqli o‘laroq, vazn yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.

Pomidorlar terini himoya qilishi mumkin

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, pomidorni iste’mol qilish teriga ultrabinafsha ta’sirini va quyosh kuydirishi xavfini kamaytirishi mumkin. Olimlarning fikricha, bu pomidor tarkibidagi karotenoidlarning yuqori miqdori bilan bog‘liq.

Albatta, pomidorli salat iste’mol qilish — bu quyoshdan himoyalovchi kremni surtishga hojat qolmaydi, degani emas. Quyoshda, albatta, SPF 30 yoki undan ko‘proq quyoshdan himoya qiluvchi keng spektrli kremni qo‘llashda davom etish va bonus sifatida pomidorning himoya afzalliklaridan bahramand bo‘lish lozim.

Pomidor ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishi mumkin

Agar ko‘proq likopenga boy mahsulotlarni iste’mol qilish uchun yana bir sabab kerak bo‘lsa, tadqiqotlar likopenni iste’mol qilish katarakta rivojlanish xavfini kamaytirish bilan bog‘ladi.

Pomidorlar bilan birgalikda bir nechta tuxum va yashil bargli sabzavotlarni iste’mol qiling, ularning ikkalasida ham lutein va zeaksantin  — ko‘z uchun foydali bo‘lgan karotenoid mavjud.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.