Salomatlik Salomatlik Pomidorning foydasi nimada va uni qanday iste’mol qilish kerak?

Pomidorning foydasi nimada va uni qanday iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 447


Pomidorning foydasi nimada va uni qanday iste’mol qilish kerak?

Pomidorni istalgan faslda do‘kon rastalaridan topish mumkin bo‘lgani bilan mutaxassislar tomonidan tabiiy pishib yetiladigan mavsumda yeyish tavsiya qilinadi. Chunki tabiiy yorug‘lik, issiqlik va namlikda ushbu mahsulotda ozuqa moddalari to‘planadi. Issiqxonada pishib yetilgan pomidor tabiiy pishgani singari vitamin va foydali moddalarga boy bo‘lmaydi. Harper’s Bazaar nashri ushbu mahsulotning foydali xususiyatlari nimadan iborat ekaniga to‘xtaladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Foydali jihatlari

Pomidor o‘zining boy tarkibi tufayli yurak qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Likopinning manbayi bo‘lgan ushbu mahsulot eng yaxshi antioksidant hisoblanadi va arterial qon bosimining me’yorlashtirish, aterosklerozni rivojlanishiga to‘sqinlik qilish hamda qondagi “yomon xolesterinni” kamaytirish xususiyatiga ega.

Pomidor qondagi qand miqdorini nazorat qiladi, inson o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shib ochlik, qandli diabet hamda boshqa surunkali kasalliklarni oldini oladi. Ushbu mahsulot tarkibida C vitamini miqdori limondagidan ham ko‘proq bo‘ladi. Ushbu vitamin to‘qima hujayralari, milk, qon tomir hamda tish suyaklarining o‘sishi va tiklanishi uchun muhim sanalib, immunitetni mustahkamlaydi. Antiokislitel va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan C vitamini hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Pomidorni muntazam iste’mol qilish teri holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yozga xos bo‘lgan jazirama kunlarida quyoshning ultrabinafsha nurlaridan zararlanish ehtimoli yuqori. Ushbu mahsulot pulpasida kartanoidlarning boyligi, terini keng spektrli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Ammo bu SPF-kremlarni qo‘llamasa ham bo‘ladi degani emas.

Pomidor, hazm qilish tizimi uchun ahamiyatli bo‘lgan klechatkaning koni. Uning iste’molidan keyin ichaklar perestaltikasi va ovqat hazm bo‘lishi yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida teri salomatligi va inson kayfiyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Pomidorni qanday iste’mol qilish maqsadga muvofiq?

Ishonish qiyin bo‘lishiga qaramasdan isbotlangan fakt, pomidorga termik ishlov berilganida uning foydalilik xususiyati barra holdagisidan-da, yuqori bo‘ladi. Buning ikkita sababi bor birinchisi pomidorning ituzumdoshlar oilasiga mansub ekani bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu oilaga mansub mahsulotlar, organizm uchun zarar bo‘lgan alkaloid solaninni o‘z ichiga oladi. Pomidorlarga termik ishlov berilganida esa uning miqdori kamayadi. Tarkibida mo‘l-ko‘l bo‘lgan tabiiy antioksidant — likopinning konsentratsiyasi esa yuqori haroratda yanada ortadi va bu ikkinchi sabab hisoblanadi. Shuning uchun ham pomidorni barra holidan ko‘ra o‘z qo‘lingiz bilan tomat sousi qilib yoki shunchaki pechda yo bo‘lmasa grilda pishirib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir: Kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan antistress mahsulotlar




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.