Salomatlik Salomatlik Qanday mahsulotlar pishirilgandan so‘ng darhol iste’mol qilinishi kerak?

Qanday mahsulotlar pishirilgandan so‘ng darhol iste’mol qilinishi kerak?

O'qildi: 313


Qanday mahsulotlar pishirilgandan so‘ng darhol iste’mol qilinishi kerak?

Hamma ham oziq-ovqat mahsulotlarini qayta-qayta isitishni yoqtirmaydi. “Domashniy ochag” nashri qaysi mahsulotlarni bir marotaba pishirish va darhol iste’mol qilish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: “Domashniy ochag”

Seldr

Ko‘katlardan seldr poyalarida nitratlar bo‘lishi mumkin, ular qayta qizdirilganda zaharli bo‘ladi.

Tovuq

Tovuq go‘shti sog‘lom oqsil manbasi hisoblanadi. Ammo muzlatkichda bir yoki ikki kun turgandan so‘ng tovuq go‘shti ovqat hazm qilish muammolarini keltirib chiqaradigan bakteriyalar uchun ko‘payish joyiga aylanadi. Salat yoki sendvichlar uchun pishirilganiga 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan tovuq go‘shtidan foydalanish tavsiya etiladi.

Ismaloq

Ismaloq ham boshqa bargli ko‘katlar kabi nitratlar to‘playdi. Qayta qizdirilganda ular nitritlar va boshqa kanserogen birikmalarga aylanadi.

Tuxum

Sevimli nonushta taomlari uzoq muddatli saqlash va ikkilamchi issiqlik bilan ishlov berish uchun mo‘ljallanmagan. Agar tuxum yuqori haroratda qayta isitilsa, ovqat hazm qilish tizimining jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘ziqorin

Ushbu mahsulot ham pishirilgandan keyin darhol iste’mol qilinishi kerak. Qo‘ziqorinlarda yuqori haroratning takroriy ta’siriga toqat qilmaydigan murakkab oqsillar mavjud.

Guruch

Buyuk Britaniyaning oziq-ovqat standartlari agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, pishirilgan guruch uzoq vaqt davomida muzlatkichda saqlanmasligi kerak. Chunki bu mahsulot patogen bakteriyalar sporalari ko‘payish joyiga aylanadi. Qayta qizdirilganda ular o‘lmaydi va oziq-ovqat zaharlanishiga olib kelishi mumkin.

Sholg‘om

Albatta, sholg‘omli taomlar juda mashhur. Bu sabzavotni sho‘rva va yeguliklar tarkibida topish mumkin. Ammo ildiz ekinlarida nitratlarning yuqori miqdori tufayli sholg‘omni ham saqlash va doimiy ravishda isitish tavsiya etilmaydi.

Yog‘

Ayrim o‘simlik yog‘lari qayta qizdirilganda xiralashadi. Bu zaytun, zig‘ir yog‘i, shuningdek, bodom yog‘i kabi o‘ziga xos mahsulotlarga tegishli. Agar taomga ulardan qo‘shish kerak bo‘lsa, ularni tayyor bo‘lishdan avval qo‘shish mumkin.

Lavlagi

Lavlagi sholg‘om kabi azotli birikmalarni o‘zida to‘playdi, ular yuqori haroratda juda zaharli bo‘ladi. Qaynatilgan lavlagi odatda sovuq holda iste’mol qilinadi.

Kartoshka

Deyarli barcha mamlakatlarda mashhur bo‘lgan kartoshka pishirilgandan so‘ng darhol iste’mol qilinadigan mahsulotdir. Birinchidan, xona haroratida saqlangan kartoshka tezda ozuqaviy xususiyatlarini yo‘qotadi. Ikkinchidan, u oshqozon buzilishiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan 7 mahsulot
  • Shifokorlar voz kechishni tavsiya etadigan 11 mahsulot
  • Qandli diabet xavfini oshiradigan mahsulotlar
  • Vazn kamaytirishda kechasi iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.