Oddiy sabzavot va mevalar yordamida oldini olish mumkin bo‘lgan 7 ta kasallik
Yangi meva va sabzavotlar sog‘lom ovqatlanishning muhim qismidir. Ularni kun davomida besh porsiya iste’mol qilish kerak. Ammo kamdan kam odam ushbu me’yorga amal qila oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat insonlar kuniga o‘rtacha bir yoki ikki porsiya iste’mol qiladi. “Noviy ochag” nashri har kim o‘z salomatligi uchun ratsionini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini eslatib o‘tdi.
Foto: “Noviy ochag”Milklar qonaganda
C vitamini tanqisligining birinchi alomati terining tez-tez shikastlanishi, yaralarning bitmasligi va milkdan qon ketishidir. Ushbu muammoning oldini olish uchun ko‘proq qizil qalampir, salat bargi, karam, pomidor va, albatta, sitrus mevalarni iste’mol qilishga harakat qilish kerak.
Doimiy charchoq hissi
Energiya va kuchning yetishmasligi ratsionda foliy kislotasi, yashil sabzavotlar, shuningdek, no‘xat, loviya va yasmiq kabi dukkaklilar mavjud bo‘lgan B vitamini tanqisligidan kelib chiqishi mumkin.
Tez-tez shamollash
Ratsionda yangi sabzavotlar yetishmasligining yana bir belgisi shamollashning tez-tez kuzatilishi hisoblanadi. Immunitet tizimida C vitamini yetishmaganda, bunga sitrus mevalar ham, yashil sabzavotlar ham yordam berishi mumkin. Faqat ularni muntazam ravishda iste’mol qilish lozim.
Xotiraning susayishi
Lutein — bu yangi ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga va xotirada uzoqroq saqlashga yordam beradigan ozuqa moddasi. U sabzi, brokkoli, makkajo‘xori, pomidor va ko‘katlarda mavjud. Agar xotira bilan bog‘liq muammolarga bo‘lsa, bu sabzavotlarni ratsionga qo‘shish tavsiya etiladi.
Stress bilan kurashishda qiyinchilik
Stress har bir inson hayotining ajralmas qismidir, lekin u bilan qanday kurashishni o‘rganish juda muhim, chunki organizmning tajribasiz stressga javoblaridan biri yallig‘lanish jarayonidir. Shuning uchun ratsionda doimo antioksidant, polifenol va karotinoidlar kabi yallig‘lanishga qarshi birikmalarga boy oziq-ovqatlar bo‘lishi juda muhimdir. Ularning barchasi turli sabzavot va mevalarda mavjud.
Tomir tortishishining kuzatilishi
Tomir tortishishining oldini oladigan muhim element kaliydir. Agar sport bilan ko‘p shug‘ullanilsa yoki issiq mavsumda tez-tez ko‘chaga chiqilsa, ratsionda uning ko‘proq bo‘lishi yanada muhimdir. Bundan tashqari, kaliy yurak faoliyati uchun zarur. Kundalik kaliy tanqisligini to‘ldirishning eng oson yo‘li bu banan iste’mol qilishdir. Bitta o‘rtacha mevada taxminan 420 mg kaliy mavjud.
Vaznni kamaytira olmaslik
Meva va sabzavotlar bitta bebaho xususiyatga ega: ulardagi kletchatkalar uzoq vaqt davom etadigan to‘qlik hissini beradi. Shu bilan birga, aksariyat meva va sabzavotlarda unchalik ko‘p kaloriya mavjud emas. Shuning uchun ular bilan ochlikni his qilmasdan vazn yo‘qotish osonroq.
Manba