Salomatlik Salomatlik Tadqiqot: Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytirishga yordam beradi

Tadqiqot: Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytirishga yordam beradi

O'qildi: 282


Tadqiqot: Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytirishga yordam beradi

Har kuni kichik bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult va yurak kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yog‘ miqdori yuqori bo‘lishiga qaramay, bu mahsulot yurak va qon tomirlarining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi — bu Suchjou universiteti(Xitoy)tadqiqotchilarining xulosasi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Ular tomonidan olib borilgan meta-tadqiqotda 200 ming nafar inson sog‘lig‘iga ratsionning ta’sirini kuzatgan amerikalik va yevropalik olimlarning 15 ta izlanish natijalari tahlil qilindi.

Foto: “Noviy ochag”

Xususan, har kuni(taxminan gugurt qutisi kattaligida)bir bo‘lak pishloq iste’mol qilgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli 14 foizga, insultga chalinish ehtimoli esa 10 foizga kamligi aniqlandi.

Foto: “Noviy ochag”

Xitoylik tadqiqotchilar pishloqning sog‘lom sutkalik miqdori taxminan 40 gramm ekanini ma’lum qildi. Ularning fikriga ko‘ra, pishloq foydali xolesterin miqdorini oshiradi va yomon xolesterin darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, kalsiyga boy bo‘lgan pishloq to‘yingan yog‘larni yaxshiroq singdirishga yordam beradi va shirdon kislotalari tomirlarning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.