Salomatlikni mustahkamlashda yordam beradigan 7 maslahat
Emlash va dori vositalari, albatta, salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Biroq ba’zida bir qarashda oddiy ko‘rinadigan narsalar ham organizmni yaxshilashi mumkin. Marie Claire nashri sog‘lom va baxtli bo‘lishga yordam beradigan 7 maslahat bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireKitob mutolaasi
Kitob mutolaa qilish depressiv holatni yengishga yordam beradi va muloqot qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun qiziqarli badiiy asarlar o‘qish kerak, chunki ijtimoiy va siyosiy gazeta va jurnallar yuqorida keltirilgan natijani bermaydi.
Shoshilmay ovqatlanish
Parhezshunoslar ko‘pincha ortiqcha vazn odamlarning ko‘p ovqatlanishlari bilan emas, balki ovqatni shoshib chaynash tufayli tez ovqatlanishlari bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Juda tez ovqatlanadiganlar semirishga moyil ekanligi isbotlangan. Bu organizmning oziqlanayotganiga tushunishga vaqti yo‘qligi va to‘yinganlik signali juda kech kelganligi sababli sodir bo‘ladi.
Meditatsiya bilan shug‘ullanish
Shifokorlar uzoq vaqtdan beri meditatsiyani eng oddiy ofis xodimlari uchun ham foydali ekanligini ta’kidlamoqda. Garvard universitetida o‘tkazilgan tadqiqot shuni isbotladiki, har kuni o‘ttiz daqiqalik meditatsiya stress rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi, hissiy holatni oshiradi va insonning nafaqat psixologik, balki jismoniy salomatligiga ham ijobiy ta'sir qiladi.
Temir moddasini qabul qilish
Temir organizmning normal ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Charchoq, ishtahani yo‘qotish, diqqatni jamlashda qiyinchilik — bular organizmida temir tanqisligi bo‘lgan odam duch keladigan muammolarning bir qismidir. Bundan tashqari, temir barqaror metabolizmga hissa qo‘shadi va kislorodni o‘pkadan hujayralarga o‘tkazadi, shuning uchun uning yetishmasligi ham vazn ortishiga yordam beradi.
Uyali aloqadan kamroq foydalanish
Albatta, ushbu maslahat yangilik emas, lekin eng asosiylaridan biri. Smartfonlar nafaqat xavfli, balki sog‘lom bo‘lishga ham qarshi. Ulardan muntazam ravishda foydalanish ko‘z bosimining oshishi, ko‘z mushaklarining spazmlari, stress, shuningdek, boshning tez-tez pastga egilishi tufayli bo‘yin va yelkalarda og‘riqlar va migrenning rivojlanishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Kuniga 21 daqiqa piyoda yurish
AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan odamga sog‘lig‘ini saqlash uchun haftasiga kamida 150 daqiqa aerobik mashq qilish kerakligini aniqladi. Agar bir vaqtning o‘zida ikki yarim soat sport bilan shug‘ullanishning imkoni bo‘lmasa, bu vaqtni haftaning har bir kuni uchun teng taqsimlash mumkin. Shunda kuniga 21 daqiqadan to‘g‘ri keladi.
Uyda muntazam o‘tirib qolmaslik
To‘g‘rirog‘i, ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish kerak. Bu maslahat, ayniqsa, qishning boshlanishi bilan, quyoshsiz kunlarda dolzarb bo‘ladi. Ma’lumki, inson D vitaminiga muhtoj va u faqat toza havoda ishlab chiqarilishi mumkin. Bundan tashqari, agar sayrlar tabiat qo‘ynida o‘tkazilsa, turli xil miya funksiyalarini yaxshilash va stressni bartaraf etish kafolatlanadi.
Mavzuga doir:
- Organizmda ortiqcha suyuqlikni to‘planish sabablari va uni bartaraf etish usullari
- Ertalab och qoringa kefirli grechka iste’mol qilish qanchalik foydali?
- Doimiy charchoq hissi bilan qanday kurashish kerak?
- Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan 7 mahsulot
Manba