Asteniya kasalligi: organizm darmonsizlanganda qanday yo‘l tutish kerak?
Megapolis aholisi hayotida kamida bir marta kuchli holsizlik hissiga duch keladi, ko‘proq dam olishni, uyqudan uyg‘onmaslikni xohlaydi. Agar insonga odatdagi dam olish kuni va ta’til kifoya qilmasa, unda organizm surunkali charchoq — asteniyadan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin. Elle nashri kasallikning birinchi alomatlarini qanday aniqlashni, yordam uchun kimga murojaat qilishni va organizmning tiklanishi uchun qanday kuch topish kerakligini ma’lum qildi.
Foto: PinterestAsteniya nima?
Odamlar ko‘pincha asteniyani oddiy charchoq bilan adashtirib yuboradi, ammo holat butunlay boshqacha bo‘ladi. Agar oddiy charchoq dam olishdan keyin darhol o‘tib ketsa, unda asteniya patologik charchoq bo‘lib, unda dam olish va yana ishlash yordam bermaydi. Asosiy astenik alomatlar orasida jismonan quvvatning yetishmasligi, zaiflik va charchoq, ish unumdorligining pasayishi kuzatiladi. Stress, haddan tashqari zo‘riqish yoki kasallik tufayli asab to‘qimalari oziqlanishining buzilishi, organizm qancha energiya sarflanishi va qancha kerakligi o‘rtasida nomutanosiblik paydo bo‘lishi mumkin.
Hatto oddiy shamollash jarohat yoki operatsiyalarsiz ham organizmning tabiiy tiklanish mexanizmini buzishi mumkin. Ko‘pincha astenik alomatlar doimiy jismoniy va aqliy faoliyatning ortiqcha zo‘riqishi natijasida paydo bo‘ladi. Muntazam stress organizmga zararli, shuning uchun ishi yuqori konsentratsiyani yoki hissiy stressni talab qiladigan odamlar ko‘pincha asteniyadan aziyat chekadi. Masalan, ofis xodimlari, shifokor va hamshiralar, menejerlar, ijtimoiy soha vakillari.
Mashaqqatli mashg‘ulotlar, qattiq parhezlar va zaharlanish ham kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, asteniya qandli diabet, yurak-qon tomir va boshqa kasalliklarga hamroh bo‘lishi mumkin.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayollar erkaklarga qaraganda o‘rtacha 2-3 marta ko‘proq asteniyadan aziyat chekadi.
Manba