Lablarning qurishi organizmdagi qanday muammolardan so‘zlaydi?
Lablarning yorilgan va quruq terisi har doim ham e’tiborsiz qoldiradigan narsa emas va organizmdagi jiddiy muammolardan darak berishi mumkin, deb yozadi Marie Claire.
Foto: PinterestAslida organizmda qandaydir muammoning mavjudligi lablarning qurishi, yorilishi va terisining ko‘chishiga olib keladi. Bu sohadagi teri juda nozik va sezgir bo‘lib, yog‘ bezlarining deyarli to‘liq yo‘qligi bilan ajralib turadi, shuning uchun lablar ob-havo omillari va ichki muammolarga dosh berish qiyin. Dermatolog, kosmetolog, plastik jarroh Madina Bayramukova bu haqda batafsil so‘zlab berdi.
Lablarning qurishiga olib keladigan tashqi omillar
Lablarni tishlashni va muntazam ravishda namlashni yaxshi ko‘radiganlarda hamisha bu bilan bog‘liq muammo mavjud, chunki inson tupugida terini quritadigan moddalar mavjud. Lablar qurishi shilliq qavatni bezovta qiluvchi achchiq yoki sho‘r ovqatlardan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holda, ovqatdan keyin salfetkadan yoki labni yuvish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarkibida SPF’ni o‘z ichiga olgan maxsus mahsulotsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida bo‘lish lablar uchun ham zararli. Quyoshda bo‘lish nafaqat lablarning qurishi va yorilishiga olib keladi, balki ko‘pincha gerpesga ham sabab bo‘ladi. Yoz va qishda lablar bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun tashqariga chiqishdan oldin balzam yoki gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalanishni unutmaslik kerak.
Lablarning qurishi bilan bog‘liq salomatlik muammolari
O‘RVI fonida lablar qurishi yuzaga kelishi mumkin. Bu alomat odatda yuqori harorat pasayganidan keyin paydo bo‘ladi. Uning sababi organizmning suvsizlanishi va immunitetning pasayishi hisoblanadi.
Quruq lablar organizmdagi suv yetishmasligining belgisi bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun, namlantiruvchi balzamdan qanchalik ko‘p foydalanilsa ham, u muvozanatni tiklashga yordam bermaydi. Shunchaki, yetarli darajada oddiy suv ichishni nazorat qilish kerak.
Bundan tashqari, lablarning holati vitamin va elementlarning so‘rilishi kabi omillarga ham bog‘liq. Vitaminlar, xususan, B12 vitamini va temir yetishmasligi tufayli lablar burchagida og‘riqli yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ba’zi mahsulotlar yoki dori-darmonlarga allergiya ham lablarning qurishi va og‘iz burchaklarida yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Buyrak funksiyasining buzilishi va gormonal nomutanosibliklar, xususan, gipertireoz, gipotireoz, qandli diabet ham lablarning qurishi va yorilishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Tishlar salomatligiga kundan kunga ko‘proq putur yetkazadigan 6 ta zararli odat
- Tomoqdagi bodomsimon bezlarni oldirish kerakmi yoki yo‘q?
- Sababsiz ko‘karish: teri yuzasidagi gematomalar qanday kasalliklardan ogohlantiradi?
- Stomatit nima va vaziyatni qanday yengillashtirish mumkin?
Manba