Yoz kunlarida muzday mahsulotlarning organizmga qanday salbiy ta’siri bor?
Tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor Alimov yoz kunlarida muzday mahsulotlarning organizmga ta’siri haqida ma’lumot berib, ularni iste’mol qilishning bir qator salbiy oqibatlari borligini bildirdi.
Foto: “Zira.uz”Mutaxassis yoz chillasida shu kabi mahsulotlar(muzdek suv, sharbat, muzqaymoq)iste’molidan tiyilib turish tavsiya etilishi, bu o‘rinda gap faqat tomoq yoki boshqa ichki a’zolarni shamollatib qo‘yishdagina emasligini aytdi.
Bu jarayon esa organizmni zo‘riqtirishi barobarida shundoq ham issiq tanada harorat oshishiga olib keladi. Oqibatda kuchli charchoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Bosh yoki yurak sohasida og‘riqlar paydo bo‘ladi. Shu ma’noda, yoz chillasida xona haroratida suv ichish va taom iste’mol qilish tavsiya etiladi, — deydi u.
Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuchli terlashni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yo‘qotadi.
Manba