Salomatlik Salomatlik Yurak salomatligi haqida ayollar bilishi kerak bo‘lgan 6 ta fakt

Yurak salomatligi haqida ayollar bilishi kerak bo‘lgan 6 ta fakt

O'qildi: 267


Yurak salomatligi haqida ayollar bilishi kerak bo‘lgan 6 ta fakt

Yurak kasalligi erkaklar uchun ko‘proq xavfli ekaniga ko‘proq ishoniladi, ammo bu ayollar uchun ahamiyatsiz, degani emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, har to‘rt ayoldan biri yurak xastaligidan vafot etmoqda. “Lisa.ru” nashri yurak salomatligi haqida ayollar bilishi kerak bo‘lgan faktlarga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: “Lisa.ru”

O‘lim xavfi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Yurak kasalligi butun dunyo bo‘ylab ayollar o‘limining sabablari orasida saratondan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, patologiyalar xavfi 25 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarda taxminan 6 foizni va 65 yoshdan oshganlarda atigi 33 foizni tashkil qiladi.

10 ayoldan 9 tasida kamida bitta xavf omili mavjud

Tug‘uruqni nazorat qilish tabletkalari, chekish, noto‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar yetishmasligi ayollarda yurak kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, barcha ayollarning 90 foizi ushbu xavf omillaridan kamida bittasiga ega.

Yurak kasalligi ham xavf omillari bo‘lmagan ayollarda paydo bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yosh va yurak xastaligi uchun ma’lum xavf omillari bo‘lmagan ayollarning taxminan 48 foizida allaqachon ateroskleroz(tomirlarning tiqilishi)belgilari aniqlangan, bu ko‘pincha yurak-qon tomir kasalliklarining dastlabki belgilaridan biridir.

Yaxshi tomoni shundaki, tadqiqot qalinlashgan qon tomirlarini aniqlashning oson usulini ham topdi, buning uchun bel va sonni o‘lchash lozim. Yurak kasalligining dastlabki belgilari, odatda, soni beldan kichikroq yoki deyarli bir xil o‘lchamdagi odamlarda uchraydi.

Muntazam tekshiruvlar 20 yoshdan boshlanishi kerak

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollarning 60 foizi 30 yoshga to‘lgunga qadar yurakni tekshiruvdan o‘tkazishning keragi yo‘q deb hisoblaydi, ammo bunday emas.

Shifokorlar tekshiruvni 20 yoshdan keyin boshlashni tavsiya qiladilar. Yurak muammolari o‘smirlik va 20 yoshning boshlarida rivojlana boshlaydi. Agar vaqtida choralar ko‘rilmasa va bu jarayonning rivojlanishiga to‘sqinlik qilinmasa, vaziyat yanada yomonlashadi.

Tekshiruvlar shifokorning nazorati, qon bosimi, xolesterin miqdori, vazn va glyukoza darajasini kuzatishni o‘z ichiga olishi kerak. Shuningdek, agar oilada yurak xastaligiga chalingan bemor yoki boshqa xavf omillari mavjud bo‘lsa, har yili elektrokardiogramma(EKG)o‘tkazish tavsiya etiladi.

Ayollarda simptomlarni aniqlash qiyinroq

Yurak kasalligining belgilari erkaklar va ayollar o‘rtasida juda farq qilganligi sababli, ular ko‘pincha noto‘g‘ri tushuniladi. Erkaklarda yurak xurujining klassik alomati ko‘krakning chap tomonidagi og‘riqlar yoki bosimdir, ba’zida og‘riq qo‘l yoki jag‘dan pastga tarqaladi.

Ayollarda charchoq, ko‘ngil aynishi, nafas qisilishi, hazm jarayonining buzilishi, bel og‘rig‘i va hatto jag‘ning og‘rig‘i kabi kamroq sezilarli alomatlar mavjud. Agar siz ushbu alomatlardan birini boshdan kechirsangiz, darhol shifokoringizga murojaat qilganingiz ma’qul.

“Sog‘lom” bo‘lish kasal bo‘lmaysiz, degani emas

Keng tarqalgan yanglish fikr — bu yurak kasalligi sog‘lom ayollarga ta’sir qilmaydi. Hatto sportchilarda ham yurak xastaligi xavfi hali mustasno emas.

Albatta, haddan tashqari ko‘p ovqatlanish va harakatsiz turmush tarzi kabi narsalar kasallik xavfni oshiradi, lekin ozg‘inlar ham yuqori xolesterin darajasiga ega bo‘lish mumkin. Hatto boshqa ijobiy odatlar bilan birga bitta salbiy odat ularning barcha afzalliklarini inkor etishi mumkin.

Gormonlarni kuzatib borish juda muhimdir

Gormonlarni boshqarish yurak sog‘lig‘ini saqlashda juda muhim qadamdir. Estrogen yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi, shuning uchun menopauzadan keyin ayollarda yurak xastaligi xavfi sezilarli darajada oshadi. Aytgancha, estrogenning pasayishi genetik jihatdan nazorat qilinadi, shuning uchun onangizning menopauzadan o‘tganiga qarab, yurak xastaligi xavfi qachon oshishini aniqlash mumkin.

Bundan tashqari, qalqonsimon bez gormonlarining noto‘g‘ri ishlashi xolesterin darajasining oshishiga olib kelishi va o‘z navbatida yurakka zarar yetkazishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.