Vitaminlar qabul qilishingiz kerakmi?
O'qildi: 255
Bahor – organizmimiz har qachongidan ham vitaminlar yetishmasligidan aziyat chekadigan fasl. Bahorgi avitaminoz hatto xilma-xil ovqatlanadigan, sabzavot va mevalarni ko‘p yeydiganlarga ham xavf soladi. Shu munosabat bilan ko‘pchilik draje shaklidagi vitaminlar qabul qila boshlashadi. Bu to‘g‘rimi?Eng ommabop savollarga javob beramiz.
Foto: FlickrVitaminlar ichish jigarga ta’sir qiladimi?
Vitaminlarni me’yorida va shifokor ko‘rsatmalariga asosan qabul qilish sog‘lom odam uchun xavf tug‘dirmaydi.Lekin yog‘ erituvchi vitaminlar(A, D, E, K)ni surunkali ravishda me’yoridan ko‘p ichish organizmga, shu jumladan jigarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Avitaminoz haqiqatan ham ko‘p tarqalganmi?
Ko‘pchilik “avitaminoz”(bir yoki bir necha vitaminlar yetishmasligi natijasida sog‘liqning jiddiy zararlanishi – masalan, singa, pellagra)va har bir kishi hayotida uchrab turadigan “gipovitaminoz”(qaysidir vitamin yoki vitaminlarning biroz yetishmasligi)tushunchalarini almashtirib yuboradi.Polivitaminlarning ba’zi komponentlari bir-birining ta’sirini kamaytirishi mumkinmi?
Vitaminlar kompleksi yetishmovchilikning oldini olish uchun yaratilgani bois, hatto vitaminlar va minerallarning ta’siri kamayganda ham ba’zi qismlari baribir organizmga kelib tushadi.Manba: “Whrussia.ru”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.