Nima uchun ba’zilar doim sovqotib yuradi?
O'qildi: 288
Agar siz 10 darajali sovuqda yoki qishda isitilmaydigan uyda sovqotsangiz – bu kasallik emas. Lekin, quyoshli bahor kunlarida ham sovqotish sog‘liq bilan bog‘liq muammo borligidan darak beradi.
Foto: ShutterstockSizning vazningiz yetarli emas
Birinchidan, tana og‘irligining kamligi bizni isitib turuvchi yog‘ zaxirasi kamligini bildiradi. Ikkinchidan, tana og‘irligining kamligi kaloriyaning yetarlicha sarflanmasligi belgisidir. Bu metabolizmni sekinlashtiradi, natijada tana o‘zini isitish uchun kam energiya sarf qila boshlaydi.Qalqonsimon bezdagi muammo
Doimiy ravishda sovuqni his qilish — hol-ahvol bilan bog‘liq ko‘plab muammolardan biri qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Gormonlar darajasining yetarlicha bo‘lmasligi natijasida metabolizm sekinlashadi va tana o‘zini isitishga energiyani tejay boshlaydi.Temir moddasining yetishmasligi
Temirning kam bo‘lishi — doimiy ravishda sovuqni sezishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri. Temir — qonning qizil tanachalari tomonidan tana bo‘ylab kislorod yetkazishda muhim modda hisoblanadi. Temir yetishmasligi natijasida qonning bu hujayralari o‘z vazifasini yaxshi bajara olmaydi, siz esa sovuqdan qaltiray boshlaysiz.Qon aylanishining yaxshi emasligi
Agar kaftingiz va tovoningiz doim muzdek bo‘lsa, lekin tananing boshqa qismlari o‘zini yaxshi his qilsa, bu sizda qon aylanish yaxshi emasligini bildiradi. Buning sababi yurak-tomir tizimi faoliyatining buzilishidan bo‘lishi ham mumkin.Manba: “Zdorovie.com”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.