Salomatlik Salomatlik BMT: OITS bilan bog‘liq o‘lim holatlari ikki barobarga kamaydi

BMT: OITS bilan bog‘liq o‘lim holatlari ikki barobarga kamaydi

O'qildi: 294


BMT: OITS bilan bog‘liq o‘lim holatlari ikki barobarga kamaydi

Dunyoda OITS bilan bog‘liq o‘lim holatlari 45 foizga qisqardi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning yangi hisobotida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

“Biz 2020-yilga qadar 30 million odamni davolash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishishimiz va OITS bilan bog‘liq o‘lim holatlarini yiliga 500 mingtaga qisqartirishimiz mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi Guterrish.

Hisobotda ma’lum qilinishicha, 2016-yilda 36,7 million odam immun tanqisligi virusiga(OITV) chalingani qayd etilgan.

Shuningdek, bolalar orasida yangi infeksiyalarga chalinish holati ham ikki barobarga kamaygani qo‘shimcha qilindi.

BMT bosh kotibining ta’kidlashicha, yiliga dunyo aholisining har biri hisobiga 0,5 AQSh dollari qiymatida kiritilgan qo‘shimcha sarmoya OITSga qarshi kurashishda ijobiy harakatni saqlab qolishda yordam beradi.

Yangi hisobotda aytilishicha, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo OITV hamda OITS bilan zararlanishning yangi holatlari ortib borayotgan sayyoradagi yagona mintaqa bo‘lib turibdi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.