Toza havoda doiraviy mashqlar bajaramiz (foto)
Sport zalining o‘rnida — ko‘cha, sport anjomi o‘rnida esa — skameyka bo‘ladi.
Doira to‘rtta mashqdan iborat bo‘lib, ularning har birini birin-ketin va dam olish uchun 10 soniyalik tanaffus bilan bajarish lozim bo‘ladi.1. Skameykada qadam tashlash
Foto: “Layfxaker”Yuklama: dumbalarga va sonlarning orqa yuzasiga.
Skameyka qarshisida turing, qomatingizni rostlang, qo‘llaringizni oldinga tuting. O‘ng oyoqni skameyka ustiga qo‘ying. Nafas chiqarishda o‘ng oyoq tovoniga tayaning va gavdangizni ko‘tarib chap oyog‘ingiz uchini skameykaga qo‘ying. Nafas olishda chap oyoqni sekin polga tushiring. O‘ng oyoqqa suyanib 20 qadam tashlang va chap oyoqqa suyanib ham 20 qadam tashlang.2. Bir oyoqda o‘tirib-turish
Foto: “Layfxaker”Yuklama: dumbalarga va sonlarning orqa yuzasiga.
Skameykaga orqa o‘girib turing, unga o‘ng oyoq uchi bilan tayaning. Gavdani to‘g‘ri tuting va shoshilmasdan sonlarni yer bilan parallel tutgan holatda chap oyoq tizzasini buking. Pastki nuqtada bir soniya to‘xtang va boshlang‘ich holatga qayting.
Har bir oyoqda 10 tadan mashq bajaring.3. Qo‘lga tayanib ko‘tarilib-tushish(otjimaniye)
Foto: “Layfxaker”Yuklama: ko‘krak mushaklariga.
Qo‘llarni yelka kengligida va ko‘krak balandligida qilib skameyka suyanchig‘i ustiga qo‘ying. Nafas olishda gavdani skameykaga tekkuncha tushiring va nafas chiqarishda ko‘tariling. Bu mashqni 10–15 marta takrorlang.4. Teskari otjimaniye
Foto: “Layfxaker”Yuklama: tritsepslarga.
Skameyka o‘tirg‘ichiga orqa o‘girib turing va uning chekkasiga qo‘laringizni yelka kengligida to‘g‘ri tutgan holatda suyaning. Nafas olishda gavdani tirsakni bukib sekinlik bilan tushiring. Nafas chiqarishda tritsepslarni ishlatib, gavdani yuqoriga ko‘taring.
Mashqni 10–15 marta takrorlang.
Manba: “Layfxaker”
Manba