Saqichning qanchalik foydasi bor?
Eng mashhur “chaynaluvchi” brendlarni reklama qiluvchi marketologlarning ta’kidlashicha, Orbit va Dirol — kariyesdan samarali himoya qiluvchilar hisoblanadi. Lekin yalpizli va mevali rezinali dumboqchalarni chaynashning foydasi faqat shumi?
Foto: ShutterstockBu savolga javob topish uchun saqichlarning tarkibini o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu yerda eng asosiy masalliq — sorbit. Uni qo‘llash natijasida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirlar ro‘yxati katta taassurot uyg‘otadi. Bu yerda qorin dam bo‘lishini ham, me’da-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishini ham, og‘iz qurishi va hatto tomir tortishishini ham uchratish mumkin.
Ikkinchi shirin ta’m beruvchi vosita sifatida aspartamdan foydalaniladi. Olimlar migren, ko‘ngil aynishi, uyqusizlik, surunkali charchoqlik va depressiya xurujlari, astma va ko‘rish qobiliyatining pasayishlari to‘g‘risida ogohlantiradi. Tajriba qilinadigan hayvonlarda uzoq vaqt muntazam ravishda aspartam qabul qilish natijasida ko‘rish va eshitishning yo‘qolishi, aqliy zaiflik, gipoglikemiya, Parkinson kasalliklari aniqlangan.
Ilgari rezinali asos uchun kauchuk, yalpiz qiyomi va makkajo‘xori kraxmalidan foydalanishgan. Hozir esa ularni butilkauchuk, polivinilatsetat, mum, talk va yelim, shuningdek soyali letsitin va mannitol bilan almashtirishdi. Ilmiy tadqiqotlarga asosan, bunday masalliqlarning ko‘pchiligi bepushtlikka olib keladi, saraton kasalliklari rivojlanishini keltirib chiqaradi, markaziy asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
Albatta, rezinali saqich tarkibidagi zararli moddalar miqdori juda kichik va agar katta odamlar tomonidan bir kunda 1-2 dona qabul qilinsa ular organizmiga jiddiy zarar yetkazmasligi ham mumkin. Lekin har holda bolalarning bubl-gum iste’mol qilishini cheklashga to‘g‘ri keladi.
Manba: “Xitrosti jizni”
Manba