Kelishgan qomat tomon bir necha ming qadam: yurishning asosiy qoidalari
Ozishning eng oson va samarali yo‘llaridan biri yurish hisoblanadi. Ortiqcha vazn juda sekinlik bilan, lekin uzoq vaqtga ketadi.
Foto: “Xitrosti jizni”Nima uchun?
Kundalik sayr qilishlar bir oyda bir kilogrammgacha yog‘ni ketkazishga yordam beradi. Bunday mashg‘ulotlarning asosiy afzalligi — hammaboplik. Sportzal uchun hech qanday qimmatbaho abonementlarning keragi yo‘q. Har qanday kiyimda va sayyoraning har qanday burchagida ham shug‘ullanish mumkin. O‘rtacha yurish(bir kunda 10 mingga yaqin qadam)bo‘g‘imlarga og‘irlik bermaydi, uni har qanday holatda bo‘lgan va hamma yoshdagi odamlar ham bajarishlari mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, yurish vaqtida miyamiz stress holatlarini kamaytirishga yordam beruvchi kerakli miqdorda kislorod qabul qiladi. Bundan tashqari, organizm energiyani yog‘ zaxiralaridan oladi va ularni juda sekin sarflaydi. Shuning uchun organizm trevoga ko‘tarishga ulgura olmaydi va mashg‘ulotlardan keyin qo‘shimcha yordam talab qilmaydi.
Nima qilish kerak?
Qoidalar oddiy: iloji boricha har kuni va ko‘proq yurishga harakat qiling. Agar yarim soat bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa, erinmang — albatta uyga ketishda yoki do‘konga borishda aylanma yo‘l bilan yuring. Shaxsiy va jamoat transportlaridan kamroq foydalaning. Lift yoki eskalatorlardan ko‘ra zinada yurishni afzal ko‘ring. Samarasi juda tez bilinadi, demak motivatsiya faqat ko‘payaveradi.
Yog‘lar, oladigan energiyasini o‘zidan-o‘zi faol sarflaydigan mushaklarga aylanishi uchun har kuni 16 000 ga yaqin qadam tashlash talab qilinadi.
Omad tilaymiz!
Manba: “Xitrosti jizni”
Manba