Salomatlik Salomatlik Sut, banan, gilos: uyqu uchun eng yaxshi oziq-ovqatlar

Sut, banan, gilos: uyqu uchun eng yaxshi oziq-ovqatlar

O'qildi: 234


Sut, banan, gilos: uyqu uchun eng yaxshi oziq-ovqatlar

Yaxshi uxlashga yordam beruvchi ko‘plab oziq-ovqatlar bor. Biz ulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Ular tinch va qotib uxlashga yordam beradigan foydali moddalarning koni hisoblanadi.

Foto: Getty Images
  1. Banan
Uning tarkibida mushaklar tarangligini yo‘qotishga yordam beruvchi magniy va kaliy mavjud. Olimlar organizmida magniy tanqisligi bo‘lgan odamlarda uyqu bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishini aniqladi.

Aynan magniy moddasi tanadagi mushaklar holati uchun javob beradi, ularni tonusda ushlab turadi, shuningdek asablar va mushaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kaliy unga bu ishda yordam beradi, shuningdek suv balansini va arterial bosimni ham to‘g‘rilab turadi.

  1. Gilos
Uning tarkibida epifiz gormonlaridan biri hisoblanuvchi va uyqu siklini, tetiklanishni nazorat qiluvchi melatonin mavjud. Melatoninni ko‘pincha uyqu gormoni deb ham aytishadi.
  1. O‘tli choy
Kofeinsiz iliq ichimlik — moychechakli yoki yalpizli choy — uyqu oldidan tinchlanishga va osoyishta uxlashga yordam beradi.
  1. Yasminli guruch
Uni uxlashdan 4 soat oldin yeyish kerak. Taom yuqori glikemik indeksga ega, ya’ni bu mahsulot sekin hazm bo‘ladi va qonni glyukoza bilan ta’minlaydi.

Yasminli guruch organizm uchun katta ahamiyatga ega va yaxshi uxlashga yordam beruvchi aminokislotalar — triptofanlarning ishlab chiqilishini kuchaytirishi mumkin deb hisoblanadi.

  1. Donli mahsulotlar
Masalan, sulili pechenye. Bu juda yengil hazm bo‘ladigan uglevodlar hisoblanadi va bunday oziq-ovqatlar uxlashdan bir necha soat oldin yeyilsa, ular tezroq uyquga ketishga yordam beradi.
  1. Sut
Uning ham tarkibida triptofan mavjud. Ekspertlar haligacha sutning uyquga qanday tartibda ta’sir ko‘rsatishini tushuntirib bera olganlari yo‘q.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.