Faqat shamollash emas: Moychechakli choy qanday kasalliklarni davolaydi?
Shifobaxsh o‘simliklardan biri bo‘lgan moychechakning foydali xususiyatlari Gippokrat va Dioskoridga ham ma’lum bo‘lgan. Qadimda damlama, malhamlar tayyorlangan, davolash maqsadida ishlatilgan moychechakdan shifokorlar bugungi kunda ham foydalanishni tavsiya qiladi.
Foto: Getty ImagesMoychechakning foydali xususiyatlari
Foto: “Liza”Shamollashda yordam beradi
Yallig‘lanishni sekinlashtiradi, haroratni tushiradi. Tomoq og‘riganda moychechakli choy ichilsa, yengillik his qilish mumkin, shuningdek, u patogen(mikroblarga qarshi)ta’sir qiladi.
Hazm bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi
Ichaklarni, oshqozon faoliyatini yaxshilaydi, qayt qilish va jig‘ildon qaynashida samara beradi.
Asab tizimini mustahkamlaydi
Muntazam iste’mol qilish xotirani yaxshilaydi, uyqusizlikka qarshi samara beradi. Shifokorlar stress va asabiylashishdan aziyat chekadigan bemorlarga moychechak damlamasini ichishni tavsiya qiladi.
Saratonning oldini oladi
Moychechak tarkibidagi apigenin sabab saratonga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Migrenda yordam beradi
Tinchlantiruvchi ta’sirga ega ekani sabab migrenda moychechakli choy ichish yordam beradi.
Yo‘talni davolaydi
Moychechak bronxit, tonzillit va laringitda samarali vosita hisoblanadi.
Xolesterinni kamaytiradi
Shu sabab ham moychechakni yurak kasalliklari kuzatiladigan bemorlar ratsioniga kiritish tavsiya qilinadi.
Milklar qonashini kamaytiradi
Og‘iz bo‘shlig‘i va milklardagi yallig‘lanishda samara beradi, shilinish va yaralarni tez bitiradi.
Tomir tortishishini ham bartaraf qiladi
Moychechak peshob haydovchi xususiyatga ega.
Foto: “Liza”Ilmiy nomi matricaria hisoblanadigan o‘simlikdan qadimda ginekologik kasalliklarni davolashda foydalanilgan.
Ayollar uchun foydasi quyidagilardan iborat:
- Og‘riqni kamaytirish xususiyatiga ega.
- Gormonal fonni me’yorda saqlaydi.
- Spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi.
- Kandidoz, kolpit va vaginitda yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin.
- Homilador ayollarda “toksikoz” ni yengillashtiradi.
Turli kasalliklarda moychechak asosiy emas, qo‘shimcha davolovchi vosita xolos. Undan foydalanganda ijobiy natijaga erishish uchun bir finjon choyning o‘zi kamlik qiladi.
Manba