Salomatlik Salomatlik Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

O'qildi: 283


Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita

Moychechak dorivor o‘simlik sifatida yaxshi tanish bo‘lib, undan damlangan choy stressni yo‘qotish, asablarni tinchlantirish va uyqu muammolarini yengillashtirishda yaxshi samara beradi. O‘simlik damlamasi ham tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, terini namlaydi va nuqsonlarga qarshi kurashishda yordam beradi.

Foto: @maryleest

Moychechak, ayniqsa, universalligi bilan foydali: u barcha turdagi teri muammolarida qo‘l keladi. U quruq va ta’sirchan terini namlaydi, yumshatadi, teri qichishi va sho‘ralashida yordam beradi. Agar teringiz yog‘li bo‘lib, yallig‘lanishga moyil bo‘lsa, o‘simlik tarkibidagi antibakterial komponentlar yallig‘lanishni yengillashtiradi va yog‘ hosil bo‘lish jarayonini normallashtiradi.

Foto: @maryleest

Moychechak guli tarkibidagi kumarin moddasi zararlangan teri hujayralarini tiklaydi, husnbuzar va toshmalarga qarshi samarali kurashadi. Kuchli antioksidant hisoblanadigan — karotin esa teri yuzasini tekislaydi, uni erkin radikal zararlanishdan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Moychechakdan teri muammolarida qanday foydalaniladi?

Quritilgan moychechak gullarini dorixonalardan bemalol topish mumkin: o‘simlik tayyor holdagi filtr qadoqlarda yoki maydalangan holda sotiladi. Qadoqda ko‘rsatilgan nisbatdagi moychechakni(odatda bir osh qoshiq yoki bir filtr qadoq 1 stakan suvga mo‘ljallangan bo‘ladi)damlab, 30-40 daqiqa davomida tindiring, so‘ngra suzib, iliq holga kelguncha soviting.

Foto: @maryleest

Damlamani yuz va bo‘yin sohasi uchun tonik sifatida ishlating: tozalangan teriga kuniga ikki mahal surting, muolajadan so‘ng oziqlantiruvchi krem ishlatish mumkin.

Yana bir variant — damlamani muzlatib, ertalab muz bo‘laklari bilan yuzingizni arting. Moychechakli muz bo‘laklari uxlab turgandan keyingi yuz shishishlarini yo‘qotadi va yuzingizga tabiiylik baxsh etadi.

Mavzuga doir: 

  • Faqat shamollash emas: Moychechakli choy qanday kasalliklarni davolaydi?
  • Nima uchun kosmetologlar tongda yuzni muz bo‘lagi bilan artishni tavsiya qiladi?
  • Husnbuzar toshganda nima qilish va qilmaslik kerak?
  • 7 ta tabiiy tinchlantiruvchi vosita


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.