Salomatlik Salomatlik Burun tez-tez bitib qolsa, nima qilish kerak?

Burun tez-tez bitib qolsa, nima qilish kerak?

O'qildi: 333


Burun tez-tez bitib qolsa, nima qilish kerak?

Ma’lum bo‘lishicha, yer yuzidagi aholining 15 foizga yaqin kattalari burun bitishidan aziyat chekar ekan. AQShda esa sinusitlar(burunning bitishiga sabab bo‘luvchi burun bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi)eng keng tarqalgan kasallikka aylangan.

Foto: Shutterstock

Sinusitning alomatlari

Sinusitda burun bitishidan tashqari quyidagi alomatlar ham kuzatiladi:
  • burundan suyuqlik ajralishi;
  • bosh og‘riqlari;
  • yallig‘langan bo‘shliqdagi og‘riqlar.
Lekin yakuniy tashxisni tibbiy ko‘rikdan keyin faqat mutaxassis shifokor belgilay oladi.

Sinusitni qanday qilib samarali davolash mumkin?

Agar davolash o‘z vaqtida boshlanmasa, unda o‘tkir jarayon surunkaliga aylanib ketishi mumkin. Bu kasallikning kechishini organizm mustaqil ravishda to‘xtata olmaydi, shuning uchun unga yordam talab qilinadi.

Xalq tabobatida bu kasallikni turli xildagi noyob vositalar yordamida davolash mumkin. Ularning ichida eng keng tarqalganlariga tomchilar, malham dorilar, burunni yuvish uchun vositalar, shifobaxsh o‘tlardan foydalanish va boshqa vositalar kiradi.

Mumiyo

Sinusitni davolash uchun eng qadimgi vositalardan biri mumiyodir. Uning dorixonalarda sotiladigan 2 foizli eritmasidan foydalaniladi. Eritma burun teshiklariga bir kunda 3 mahal 2-3 tomchidan tomiziladi.

Propolis

Asosi propolis bo‘lgan tomchilar shish bilan samarali kurashishga yordam beradi. Ularni tayyorlash uchun 40 foizli propolis nastoykasini kungaboqar va oblepixa yog‘lari bilan aralashtirish kerak. Bir kunda 2 tomchidan 3 mahal turun teshiklariga tomiziladi.

Burunni yuvish

Yuvish uchun oddiy osh tuzidan tayyorlangan eritmadan foydalanish mumkin. Buning uchun bir piyola qaynoq suvga yarim choy qoshiq tuzni solib, to‘liq erib ketguncha aralashtiring. Eritma antimikrob xususiyatiga ega bo‘lishi uchun unga 1-2 tomchi yod ham qo‘shing.

Manba: “Woman.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.