Salomatlik Salomatlik Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar

Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar

O'qildi: 323


Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar

Hayotingizni tahlika ostiga qo‘ymaslik uchun tarkibida quyidagi mahsulotlar bo‘lgan oziq-ovqatlardan voz kechishni tavsiya qilamiz.

Foto: Rambler News
  1. GMO(GO‘O — genetik o‘zgartirilgan organizm). Asosiy qismi, bizning jismoniy va ruhiy ahvolimizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar makkajo‘xori, soya va paxtadan tashkil topgan oziq-ovqatlar(bundan tashqari, makkajo‘xoriga simob bilan ishlov beriladi). Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uchinchi avlodning GMO iste’mol qilishining oqibati butunlay bepushtlikka olib keladi.
  2. Oziq-ovqat qo‘shimchalari. Asosiy xavfni hammaga ma’lum bo‘lgan natriy glutamat emas, balki oziq-ovqatlarga qo‘shiladigan bo‘yoqlar, shuningdek sanoat tovuq go‘shtlari boy bo‘lgan silikon polimerlar va natriy ftorid tug‘diradi. Ular saraton hujayralarining rivojlanishini, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi, osteoporoz va nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
  3. Shirin ta’m qo‘shuvchilar. Eng keng tarqalgan shakarning o‘rnini bosuvchilardan biri asparkam organizm faoliyatini har tomonlama ishdan chiqarishga sabab bo‘lishi isbotlangan. Afsuski, bugungi kunda u dori-darmonlarga, bolalar ovqatlariga va boshqa oziq-ovqatlarga qo‘shiladi.
  4. Maishiy kimyoviy mahsulotlar. Shampun, dush uchun gel, kir yuvish kukuni va idish yuvish vositasi tarkibidagi sulfatlar nafas orqali o‘pkaga boradi va teriga singadi. Buning natijasida saraton kasalliklari rivojlanish xavfini va allergiyani keltirib chiqaradi.
Balki konspirologik nazariyalarga berilib ketish kerak emasdir, lekin bu aniqlangan ma’lumotlarda biroz bo‘lsa ham haqiqat borligi aniq va sog‘lom yashash tarziga intilish hech kimga xalal bermaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.