Salomatlik Salomatlik Tabiatga yaqinlik salomatligimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Tabiatga yaqinlik salomatligimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 316


Tabiatga yaqinlik salomatligimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Nemis olimlari odam o‘rmonga qancha yaqin yashasa, bu uning ongiga shuncha ijobiy ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga keldi.

Foto: Flickr

O‘rmon xavotirlik va salbiy hissiyotlarni bartaraf qiladi

Nemis tadqiqotchilari o‘rmon yaqinida yashash miya faoliyatini kuchaytirishi va miyani sog‘lomlashtirishini isbotladi. Olimlarning aniqlashicha, daraxtlar miyaning hissiyotlarimizni nazorat qiluvchi qismiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tufayli hissiy tangligimiz yo‘qolar ekan.

Gap amigdal yoki bodomsimon jism to‘g‘risida bormoqda. Miyada ular ikkita — har bir yarim sharda bittadan. Bu sohalar hissiyot, xotira va qaror qabul qilishning shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Katta shahardagi stress

Shahar aholisi allaqachon ruhiy kasalliklar: depressiya, vahima va hatto shizofreniyaga  duchor bo‘lish xavfi bo‘lgan guruhga aylangan. Shaharliklar tabiat qo‘ynida yashovchilarga qaraganda ruhiyat bilan bog‘liq muammolardan ko‘proq aziyat chekadi.

Shovqin, ifloslanish va unchalik katta bo‘lmagan joyda joylashgan ko‘p sonli odamlar ham shaharliklarda surunkali stressning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Miyaning salomatligi atrof-muhitga bog‘liq

“Miyaning mutanosibligini aniqlash borasidagi tadqiqotlar o‘rab olgan muhit miyaning tuzilishi va vazifasini shakllantirishi mumkinligini tasdiqlaydi. Aynan shuning uchun bizni miyani rivojlantirish uchun ijobiy samara ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan atrofdagi muhitning sharoiti qiziqtiradi”, — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, Gamburg-Eppendorf Universiteti Tibbiyot markazi doktori Simone Kun.

Uning aytishicha, qishloq joylarida yashovchi odamlarni kuzatish tabiatga yaqin  yashash ruhiy salomatlik va bardamlik uchun yaxshi ekanligini ko‘rsatdi.

Sog‘liqbu toza havo

Olingan ma’lumotlar toza havoda bo‘lish ko‘tarinki kayfiyat bilan bilan bog‘liq ekanligining isbotini to‘ldiradi. Tabiat bilan doimiy aloqa immun tizimi faoliyatimizni va bardamligimizni yaxshilashga yordam beradi.

Avvalgi tadqiqotlar, o‘rmon havosining odam organizmida katta miqdorda saraton va boshqa kasalliklarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarining paydo bo‘lishiga yordam berishini ko‘rsatgan edi.

Shuningdek yashil zonalarga yaqin joylarda yashash semirish yoki depressiya xavfini kamaytirishi ham aniqlangan.

Yevropa ekolog olimlari instituti o‘rmon bevaqt o‘lim ehtimolini 16 foizga pasaytirishi mumkinligini bildirdi.

Tadqiqotchilar o‘rmonning salomatlikka foydasi fitonsidlar deb ataluvchi efir yog‘lari tufayli degan xulosaga keldi. Ma’lub bo‘lishicha, ularni o‘zini mikroblar va hasharotlardan himoya qilish uchun daraxtlar chiqaradi.

Manba: Rambler Weekend




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.